Manba: Islom Karimov. “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida”. Shuningdek, inflyatsiyaga qarshi siyosat-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosatdir. - Shuningdek, inflyatsiyaga qarshi siyosat-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion keskinlikni yumshatishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosatdir.
- Inflyatsiyaga qarshi siyosat inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
- “Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikki yo‘li mavjud ekanligi eʼtirof etiladi:
- -umumiy talabni tartibga solish;
- -umumiy taklifni tartibga solish.
- Inflyasiyaga qarshi siyosatning u yoki bu turini tanlash inflyasiya jarayonlarining xususiyatiga bog‘liq.
Inflyasiyaning yuqori surʼatlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni taʼminlashi kerak: - Inflyasiyaning yuqori surʼatlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni taʼminlashi kerak:
- -samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini;
- -pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‘sish surʼatlarini;
- -“inflyasiyani import qilish” ga yo‘l qo‘ymaslik.
- Davlat tomonidan Inflyasiyaga qarshi siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan budjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
- Iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda inflyasiyaga qarshi kurashish va milliy pul tizimini mustaxkamlash uchun asosan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- - milliy iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish, investsiya faoliyatining tushib ketishini bartaraf etish va iqtisodiy rivojlanishning oqilona darajasini taʼminlash;
- - raqobatbardosh, yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish va uni rivojlantirish maqsadida davlat strategiyasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
- - xalq isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining tarkibini o‘zgartirish va unda zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni joriy etish;
- -tijorat banklarining investitsiya va kredit faoliyatini rag‘batlantirish;
- - soliq tizimini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishda asosiy eʼtiborni soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasiga qaratish;
- - davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
- - mamlakat ichida mahsulotlar, valyuta, kreditit, ko‘chmas mulk, mehnat va qimmatli qog‘ozlarining yagona bozorini shakllantirish hamda uni rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |