Fan: Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot mavzu: inflyatsiyaga qarshi siyo yo’nalishlari


Download 0.74 Mb.
bet2/8
Sana18.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1283367
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hemis uchun

ikki maktab yondashuvlari

  • Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
  • Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflyasiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
  • Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyasiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyasiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.

Inflyatsiyani kelib chiqishi sabablariga, yoki uni tug‘diradigan omillarga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga bo‘lish mumkin

  • Inflyatsiyani kelib chiqishi sabablariga, yoki uni tug‘diradigan omillarga ko‘ra talab inflyatsiyasi va taklif inflyatsiyasiga bo‘lish mumkin

Inflyatsiya
Talab inflyasiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda yuzaga keladi. Yaʼni, to‘liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko‘payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyasiyasi kelib chiqadi.
Taklif inflyasiyasi
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo‘ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‘lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YAIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Yalpi taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o‘sishi hisoblanadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling