Fan: Moliyaviy menejment Tayyorladi: Izzatbek Allaberdiyev


Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi


Download 1.17 Mb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1023277
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bankrotlik amaliyoti

Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.

  • Eng avvalo, korxonalar faoliyatining tugatilishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ajratib olish zarur bo’ladi.
  • Ob’ektiv omillar sirasiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hatti-harakati, faoliyat doirasi va shart-sharoitlaridan qat’iy nazar, mavjud iqtisodiy qonunlarning amal qilishi natijasida vujudga keluvchi hamda ta’sir ko’rsatuvchi omillar kiradi. Odatda ob’ektiv omillar ta’sirining oldini olish yoki boshqarish imkoniyat darajasidan tashqarida bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy tabiatini belgilab beruvchi o’ziga xos xususiyatlarning aksariyati ushbu soha sub’ektlari faoliyatining tugatilishida ob’ektiv omillar sifatida maydonga tushadi.
  • Xo’jalik faoliyatining tugatilishini tadqiq etish uchun bu holatni keltirib chiqaruvchi sub’ektiv omillarga e’tibor qaratilishini taqozo etadi. Sub’ektiv omillar, ob’ektiv omillardan farqli o’laroq, turli alohida holat, shart-sharoit va hatti-harakatlarning natijasi sifatida vujudga kelib, ma’lum chora-tadbirlarni qo’llash orqali ularning oldini olish yoki ta’sir darajasini boshqarish mumkin bo’ladi.

O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:

  • O’z navbatida, korxonalar faoliyatlarining tugatilishiga olib keluvchi sub’ektiv omillarni yanada chuqurroq o’rganish uchun, ularning kelib chiqish tavsifiga ko’ra turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz va boshqa xorijiy mamlakatlar tajribasida uchrab turuvchi ko’plab sub’ektiv omillarni shartli ravishda quyidagi 4 guruhga ajratish mumkin bo’ladi:
  • 1-guruh - shaxsiy-ruhiy omillar;
  • 2-guruh - tashkiliy omillar;
  • 3-guruh - me’yoriy-huquqiy omillar;
  • 4-guruh - iqtisodiy omillar.
  • Shaxsiy – ruhiy omillar guruhi o’z ichiga tadbirkorning bilimi, malaka va tajribasi, ruhiy va ma’naviy qiyofasi, ishni tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari borasida yuzaga keluvchi faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
  • Tashkiliy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning tashkiliy tuzilmasida o’z faoliyatini davom ettirishida vujudga keluvchi to’siqlarni bartaraf etish, uni o’zgartirish yoki yanada takomillashtirish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
  • Me’yoriy-huquqiy omillar guruhi o’z ichiga korxona faoliyatini davom ettirishda ro’y beruvchi amaldagi qonunchilik, me’yoriy qoidalarning buzilishining oldini olish va mavjud tartibbuzarlik holatlarini bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.
  • Iqtisodiy omillar guruhi o’z ichiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy manfaatlariga zid keluvchi holatlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida faoliyatni to’xtatishga olib keluvchi sabablarni oladi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling