Fan: Moliyaviy menejment Tayyorladi: Izzatbek Allaberdiyev
kreditorlar yig’ilishi (kreditorlar qo’mitasi) vakili -
Download 1.17 Mb.
|
bankrotlik amaliyoti
kreditorlar yig’ilishi (kreditorlar qo’mitasi) vakili - bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; kuzatuv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o’tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo’llaniladigan bankrotlik taomili; majburiy to’lovlar - davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; moratoriy - qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to’lovlar majburiyati bajarilishini to’xtatib turish; pul majburiyati - qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi bo’yicha hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra kreditorga muayyan pul summasini to’lash majburiyati; sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) - bankrotlik taomillarini o’tkazish maqsadida xo’jalik sudi tomonidan tayinlanadigan shaxs;
Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling