Fan: mumtoz nasr poetikasi bilim sohasi: 200000 – Gumanitar fanlar va san`at Ta`lim sohasi: 5220100 – Filologiya (o`zbеk filоlоgiyasi) Bakalavriat yo`nalishi: bakalavriat


kishvariga etgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani


Download 204.9 Kb.
bet3/8
Sana15.07.2023
Hajmi204.9 Kb.
#1660433
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fan mumtoz nasr poetikasi bilim sohasi 200000 – Gumanitar fanl-fayllar.org

kishvariga etgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani

ko`rarga bazmi saltanat qurg`oni va Hudhud Bilqis olinda o`lturg`ontek

rasulning Bonu qoshinda ulturg`oni. Ya`ni: Xusrav elchisining Arman
mamlakatiga etgani va Mehinbonu elchilariga muddaosini bayon qilgach, Bonu uni
ko`rish uchun saltanat bazmi qurgani. Birinchi gapda elchi tilga olingani uchun
ikkinchi gapda unga ma`nodosh bo`lgan munhiy (mulozim, elchi) so`zi keltirilgan.
Ma`nodosh so`zlarning bunday ketma-ket keltirilishi tanosub san`ati deb ataladi.
U elchi haqidagi fikrni ta`kidlab, tasvirdagi mazmuniy aloqadorlikni
kuchaytirishga xizmat qiladi. Ikkinchi jumladan talmeh san`ati boshlangan:
Hudhud va Bilqis. Ular Sulaymon payg`ambar haqidagi afsonalarning
qahramonlari. Sulaymon alayhissalom payg`ambar va eng ulug` podshoh. Unga
dev va parilar, qushlar va hayvonlar, el va suv ham bo`ysunar edi. Sulaymon
payg`ambar bilan bog`liq mo``jizalar: ko`ziga ismi a`zam yozilgan o`q, uchar
gilam, hashamatli taxt, vaxshiy hayvon va qushlar tilini bilish.
Sulaymon va Bilqis hikoyati eng mashhur hikoyat. Sulaymon
alayhissalom qo`l ostidagi qushlarning xar biriga bir vazifa topshirilgan.
Hudhudning ishi - cho`l-biyobonlardan suv topish. Bir kuni suv kerak bo`lganda
Hudhud topilmaydi. Sulaymon Hudhud kelgach, uni urishadi. Shunda Hudhud suv
qidirib Sabo (Navoiyda Saibo) shahriga borib qolganini, u erning hukmdori
beqiyos go`zal, boylik va hashamatda tengsiz Bilqis ismli ayol ekanligini va
ularning quyoshga sig`inishlarini aytadi. Sulaymon Bilqisga oshiq bo`lib qoladi va
"Kelib musulmon bo`ling" deb maktub bitib Hudhud orqali jo`natadi. Turli voqea
va mo`jizalardan so`ng Bilqis iymon keltiradi va Sulaymon alayhissalom unga
uylanadi.
Ikkinchi jumlaning mazmuni: Hudhud Bilqis olinda ulturg`ontek


Download 204.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling