Fan: Musiqa 1-sinf Sana: Sinf
Download 444.85 Kb.
|
1 sinf musiqa konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________
A xborot bilan ishlash kompetensiyasi
S haxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi I jtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi U mummadaniy kompetensiyasi M atematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi Darsning blok chizmasi:
Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga musiqa fani , kuylar, qo`shiqlar, shoir va bastakorlar haqida ma`lumot berish. 2) O`quvchilarni musiqa tinglashga, estetik didlarini shakllanishiga va Vatanni sevishga o`rgatish. 3) O‘quvchilarning musiqa tinglash, qo`shiq aytish malkarini rivojlantirish. Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish. Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilarda matematikaga bo’lgan tasavvurni uyg’otish Musiqa tinglash , jamoa bo`lib kuylash , Musiqiy savodxonlik Komunikativ, o`z- o`zini boshqarish umummadaniy kompitensiyalar Dars turi: Yangi bilim beruvchi Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujium» interfaol metodi,tarmoqlash. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, DVD Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II.Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi DVD orqali sho`x kuy eshittiradi. So`ng o`quvchilardan qanday holatni boshdan kechirayotganliklari so`raladi ( Xursand bo`lganlarini aytadilar) So`ng biroz g`amgin kuy namoyish etiladi. (o`quvchilarning kayfiyati tushganligini aytishadi) Demak, bolalar kuy –qo`shiqlar inson ruhiyatiga juda ham ta`sir etadi. Biz sizlarning musiqiy savodxonliklaringizni ham oshirish uchun, maktabda xursand yurish, bilim olishga bo`lgan qiziqishingizni oshirish maqsadida musiqa fanini o`rganamiz. Musiqa darslarida biz musiqa tinglashni, qo`shiq eshitishni, uning mazmunini tushunib, tahlil qilishni, kuyga mos ravishda qo`shiq aytishni, shuningdek musiqa bilan birgalikda olam go`zalligini ilg`ay olishni o`rganamiz. Biz Vatanimizni juda ham sevamiz. Bizning Vatanimiz O`zbekistondir. Vatanimiz yoshlari sport sohasidami, fan sohasidami yutuqqa erishganda Vatanimizning madhiyasini eshittirishadi. Shuningdek Prezidentimiz biror-bir yurtga safar qilishganda ham shu yurtda avvalo bizning madhiyamizni hurmat yuzasidan ijro ettiradilar.Demak, bugun biz sizlar bilan Ozbekiston Respublikasinin Davlar madhiyasini o`rganamiz. Bolalar, qo`shiqlar o`z-o`zidan hosil bo`lmaydi.Buning ushun shoirlar tomonidan chiroyli she`rlar yoziladi. So`ng bastakorlar shu she`rga mos kuy bastalashadi.Demak , qo`shiqlarning kuyini bastakorlar yozadilar. Undan so`ng qoshiqchilar chiroyli qilib ijro etishadi. Bilasiz, chiroyli qo`shiq kuylanganda bulbulday ovozi bor ekan deyishadi. Yoki qushlar sayraganda “Buncha ham chiroyli sayramasa?” deb qo`yamiz. Demak, qo`shiq va kuylar tabiat hodisalaridan olingan. Hatto kichik go`dak ham ona allasini eshitgan zahoti orom oladi. Demak , qo`shiq, kuylar insonga orom bagi`shlar ekan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992-yil 10 –dekabrda tasdiqlangan.Madhiyaning matnini Abdulla Oripov yozgan, Mutal Burxonov kuy bastalagan. (Shu o`rinda A.Oripov va M.Burxonov haqida kichik ma`lumot berib o`tamiz). Madhiya DVD orqali eshittiriladi. So`ng Vatanni madh etuvchi qo`shiq P.Mo`min she`ri, D.Omonullayeva musiqasi bilan ijro etiluvchi “Aziz bo`ston O(`zbekiston” qo`shig`i o`quvchilarga o`rgatiladi. IV. Mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida ishlar olib boriladi. Darslikda berilgan rasmlar asosida suhbatlar uyushtiriladi. Har bir rasmning tarbiyaviy tomoni yoritib boriladi.So`ng birgalikda “Aziz bo`ston O`zbekiston” qo`shig`ini ijro ettiramiz. O`quvchilarga avval matn so`zlarini bir necha bor takrorlab o`rgatamiz. So`ng uning kuyini ijro ettiramiz. Sinf 3 qatorga bo`linadi va har bir qatorga alohida- alohida ham ayttiramiz. Eng chiroyli ijro etgan qatorlar rag`batlantirib boriladi. Mavzu 2 ta darsga mo`ljallanganligi uchun 2-dars davomida ham qo`shiqni to`g`ri, so`zlarini aniq ijro ettirishga o`rgatib boramiz. 2-dars davomida o`quvchilardan o`tilgan mavzu yuzasidan savol-javoblar so`raladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasini ijro etib kelishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi. “Ko`rib chiqildi va tasdiqlandi” O`TIBDO`: ______________________________ Download 444.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling