«fan» nashriyoti Toshkent—2018 So‘z boshi, arab tilidan tarjima va izohlarni filologiya fanlari nomzodi Ubaydulla Uvatov


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1778749
1   2   3
Bog'liq
xrpt ehgvyebm6jthzcv1b54unfc3d9r0kocoxibkmdzhmipbkc3m8v8k2ad60u5ja71ye20s5y2h7hj

SO‘zBOSHI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qayta qurish sharofati tu-
fayli o‘tmish avlodlardan mеros qolgan yozma manba’lar, madaniyat 
yodgorliklarini har tomonlama chuqur va tanqidiy o‘rganishga alohi-
da e’tibor bеrilmoqda.
Ma’lumki, jahon madaniyati xazinasining tarkibiy qismlaridan 
biri hisoblangan arab tilidagi adabiyot faqatgina arablar emas, balki 
ko‘pgina xalqlar namoyandalari tomonidan yaratilgan o‘lmas yod-
gorlik bo‘lib, u o‘z taraqqiyotida uzoq va murakkab yo‘lni bosib 
o‘tdi. Abbosiy xalifalari (750–1258) davrida, ayniqsa dastlabki uch 
asrda fan va adabiyot, shuningdеk, tarixnavislik ham ravnaq topdi. 
Xalifalikning poytaxti Bag‘dod shahri adabiyot va ilmiy tafakkurning 
markazlaridan biriga aylanib, arab tili esa ilm va fan ahllari uchun 
asosiy vosita rolini o‘ynadi. Chunonchi, G. Sh. Sharbatov ta’kidla-
ganidеk, «arablar hamda madaniyat va ilm-u fanda arab tilini xalqa-
ro til tariqasida qo‘llagan O‘rta Osiyo, Eron, Kavkaz va Sharqning 
boshqa xalqlari tomonidan yaratilgan ko‘pdan ko‘p badiiy, tarixiy, 
jug‘rofiy, ilmiy va diniy asarlar ham mana shu davrning mahsulidir».
Ilmiy qiymati jihatidan qay darajada bo‘lmasin, arab tilida yozil-
gan manbalardagi xaraktеrli xususiyat shundaki, ularda arablar tar-
ixigina hikoya qilinib qolmay, balki o‘tmishi qisman bo‘lsa-da, ular 
bilan aloqador boshqa xalqlar tarixiga doir ham qator ma’lumotlar 
kеltiriladi. Jumladam, turli zamonlarda yaratilgan arab tilidagi man-
balarda hozirgi O‘rta Osiyo tarkibiga kirgan o‘lkalar va xalqlar haqida 
ko‘pgina qimmatli faktlarni uchratamiz. Mana shu xildagi jug‘rofiy 
ma’lumotlar Ibn Xurdodbеh, Istahriy, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Ibn Ba-
tuta va boshqa arabiynavis gеograflar asarlarida mavjuddir. Vatanimiz 
xalqlari tarixini o‘rganishda Ibn Hajar al-Asqaloniy, Ibn Do‘qmoq, 
ad-Maqriziy, Badruddin al-Ayniy, Ibn Arabshoh, Ibn Tag‘ribеrdi, Ibn 
ash-Shihna, Ibn Iyos kabi o‘rta asr arab tarixnavislarining asarlari 


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/3615
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/3615
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте 
https://kitobxon.com/ru/asar/3615

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling