Fan: Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi Mavzu: Neft moylarni ishlab chiqarish, moy fraksiyalarini tozalash usullari, moy fraksiyalarini tanlab ta`sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash qurilmalarini hisoblash


Download 371.21 Kb.
bet2/5
Sana04.04.2023
Hajmi371.21 Kb.
#1327462
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-DARS GAZKONDETSAT

Motor yoqilg`ilari ichida reaktiv yoqilg`ilar sifatiga yuqori talablar qo‘yiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi ham, tashish va saqlanishi ham qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Havo – reaktiv dvigatellari uchun ishlatiladigan yoqilg`iga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • u to‘liq bug`lanishi kerak, dvigatelda uzilmasdan tez yonishi, sistemada bug`li tiqin hosil qilmasligi kerak, dvigatelda yonishdan keyin qurum va boshqa qoldiqlar qolmasligi kerak;
  • hajmiy yonish issiqligi yuqori bo‘lishi kerak;
  • u yonish kamerasiga xohlagan haroratda, hattoki ekstremal haroratda ham yengil va oson oqib kelishi kerak;
  • yoqilg`ining o‘zi va yonish mahsulotlari dvigatel detallarini korroziyaga olib kelmasligi kerak;
  • u barqaror, qo‘llash va saqlashda yong`inga xavfsiz bo‘lishi kerak.

Yoqilg`i sifatiga qo`yiladigan asosiy talablar

  • Hozirgi kunda tovush tezligigacha bo‘lgan aviatsiya uchun 4 xildagi reaktiv yoqilg`ilar ishlab chiqarilmoqda. T-1, T-2, TS-1 va RT. Tovush tezligidan yuqori aviatsiya uchun 2 xil T-6 va T-8V markadagi yoqilg`ilar ishlab chiqarilmoqda. T-1 yoqilg`isi bu 150....2800C dagi kerosin fraktsiyasi bo`lib, kam oltingugurtli neftlardan olingan. T-2 yoqilg`isi 60...2800C gacha bo‘lgan zahiradagi hozirgi kunda ishlab chiqarilmaydi. Ko‘p ishlatiladigan yoqilg`ilar bular TS-1 va RT TS-1 oltingugurtli neftlardan olingan 150.....2500C dagi fraktsiya.

RT - yoqilg`isi gidrotozalangan va tarkibiga quyidagi qo`ndirmalar qo‘shilgan

  • P-emirilishga qarshi (0,002....0,004% mass)
  • Oksidlanishga qarshi (ionol 0,003......0,004% mass)
  • Suv kristallari hosil bo‘lishini oldini oluvchi tetragidrofurfurol spirti.

Tovar neft mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonining tavsifi.

  • Deparafinlashdan asosiy maqsad – ulardan qattiq uglevodorodlarni (asosan parafinlarni) ajratib, moyli fraksiyalar qotish temperaturalarini pasaytirish. Jarayon ekstraksiyalashning turli ko`rinishlari hisoblanib, ekstraktiv kristallash deb ham ataladi hamda past temperaturalarda qattiq va suyuq uglevodorodlarning ayrim erituvchilarda turlicha eruvchanligiga asoslangandir

Download 371.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling