Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi. Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo’jalik sub’ektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati. Harbiy xavfsizlik – harbiy siyosat O’zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Harbiy doktrina – O’zbekiston Respublikasining harbiy xavfsizligining harbiy-siyosiy, harbiy-strategik va harbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar majmui. Chegaraviy xavfsizlik – O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. Chegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog’langan. Ekologik xavfsizlik - Tsivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo’ladi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari Axborot xavfsizligini ta’minlash muntazam va kompleks xarakterga ega ko’p qirrali faoliyatni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Uni amalga oshirishda axborot xavfsizligidan manfaatdor taraflar oldiga qo’yiladigan vazifalarga alohida e’tibor berish zarur. Ushbu vazifalarni bir necha quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: - axborotdan foydalnishni ta’minlash, ya’ni maqbul vaqt mobaynida axborot xizmatini olish hamda axborotni olishda ruxsatsiz taqiqlashni bartaraf etish;
- axborot yaxlitliligini ta’minlash, ya’ni axborotning ruxsatsiz modifikatsiyalanishini yoki buzilishini oldini olish;
- axborot konfidentsialligini ta’minlash, ya’ni axborotdan ruxsatsiz tanishishni bartaraf etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |