Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: j harfi 32-33-mashqlar Dars maqsadi
Download 46 Kb.
|
Fan nomi Ona tili Dars mavzusi j harfi 32-33-mashqlar Dars maq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jarayoni va texnologiyasi
- III. Yangi mavzuni tushuntirish
- Dam olish daqiqasi Tabiat mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Fan nomi: Ona tili Dars mavzusi: J harfi 32-33-mashqlar Dars maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish Dars turi: nazorat Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologiyasi
Darsning borishi: 1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi. 1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik? O’zbek tilida nechta tovush bor? Undosh harflar nechta? X va H undosh ishtirok etgan so’zlardan ayting. Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz? III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. Mavzuga oid mashqlar bajariladi. 32 – mashq. ”Ona tabiat” mavzusida og’zaki hikoya tuzing. Hikoyangizda j tovushli soz’lardan foydalaning. Savollarga javob yozing: Rasmda qaysi hayvonlar tasvirlangan? Ular jilg’a yoqasiga nima uchun kelishdi? Tuzgan hikoyangizdagi hayvonlar nomini ayting. J harfi qaysi tovushni ifodalayapti? 33 – mashq . So’zlarni o’qib, ko’chiring. J harfining tagiga chizing. Jamol, jur’at, jiyda, ajdar, ijozat, ijro, jiblajibon. O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi. Dam olish daqiqasi Tabiat mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Undosh tovushlar qanday aytiladi? Tilimizda nechta undosh tovush bor? Unli tovushni ifodalovchi harf bor? . V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. Uyga vazifa. 34 - mashq Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling