Fan nomi: soliq va soliqqa tortish fanidan


Download 186 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi186 Kb.
#1365001
  1   2   3
Bog'liq
FOYDA SOLIG\'I


TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
YANGIYER FILIALI

FAN NOMI: SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN

Mustaqil ish
MAVZU: YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN FOYDA SOLIG‘I.
BAJARDI: RUYDINOVA FOTIMA.
TEKSHIRDI: OBIDOV RASUL.

YANGIYER 2023


Yuridik shaxslardan undiriladigan foyda solig‘i
Reja:


1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tо‘lovchilari tarkibi.
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining soliq solish obyekti va bazasi.
4. Yuridik shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
5. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bо‘yicha imtiyozlar.
6. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblash va tо‘lash muddatlari

О‘z mulkida, xо‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bо‘lgan hamda о‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, о‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bо‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bо‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bо‘lishlari kerak.


Foyda olishni о‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bо‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bо‘lishi mumkin.
Foyda solig‘i tо‘lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
О‘zbekiston Respublikasining rezidentlari;
О‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bо‘lish manbai О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan О‘zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining obyekti quyidagilardir:
О‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining, shuningdek О‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining foydasi;
О‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining va О‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining ushbu bо‘limga muvofiq chegirmalar qilinmagan holda tо‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlari.
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu bо‘limda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar о‘rtasidagi farq sifatida, Soliq kodeksi 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
Jami daromadga quyidagilar kiradi:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizasiya qilishdan olinadigan daromadlar;
boshqa daromadlar.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 22 dekabrdagi “О‘zbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari tо‘g‘risida”gi PQ-1245-son qaroriga muvofiq 2010 yilda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari quyidagi jadvaldagi miqdorlarda belgilangan (jadval).

Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling