Fan: odam anatomiyasi va fiziologiyasi


Ilova-2 “Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi, funksiyasi” mavzusi bo’yichaishni bajarish tartibi


Download 17.71 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi17.71 Kb.
#1517529
1   2   3
Bog'liq
7 ЛАБОРАТО

Ilova-2
Muskullarning tuzilishi, shakllari, nomlanishi, funksiyasi” mavzusi bo’yichaishni bajarish tartibi.
Ish-1. Muskullarning tuzilishi.
1. Skelet muskllarining tuzilishini ko`ndalang yo’li, uzun, ko’p yadroli muskul tolachalari tashkil etadi. Ularning uzunligi 100 mm dan 12 sm gacha bo’ladi. Har bir tolacha ustki tomondan yupqa parda-sarkolemma bilan o’ralgan.
Sarkolemma uch qavatdan tashkil topgan: -ichki qavat -o’rta yoki oraliq qavat -tashqi qavat
Bir necha muskul tolachalarini o’rab turgan pardaga fatssiya deyiladi.
Skeletni o’rab turgan muskullar qizil va oq muskullardan tashkil topgan. Tarkibida mioglobin (oqsil globin bilan birikib pigment hosil qiladi) ko’p bo’lgani qizil muskullar, mioglobin kam bo’lgani oq muskullar deyiladi.
Ko’ndalang-targ’il muskul tolachalari quyidagi funksional komponentlardan tashkil topgan:
-qisqaruvchi apparat -tayanch apparati
-trofik apparat (mitoxondriya, golji, endoplazmatik to`r) -nerv uchlari (retseptorlar)
2. Muskullarning tuzilishi tasvirlangan tablitsa, plakatlar ko’rsatib tushuntiriladi.
3. Talabalar muskullarning tuzilishi rasmini daftarlariga chizib oladilar.
Ish-2. Muskullarning shakli va vazifasi
1. Odam tanasida 600 dan ortiq har xil muskullar bo’lib, ular tana vaznining taxminan beshdan ikki qismini tashkil etadi. Muskullar kattaligiga ko’ra uch xilga bo’linadi: uzun, qisqa va kalta muskullar, uzun muskullarning o’rta qismi yo’g’onlashgan,ikki uchi esa ingichkalashib payga aylanib suyaklarga yopishadi.
Qisqa muskullarga mayda va kalta muskullar kiradi. Ular ham boshlanadigan va birikadigan qismlarga ega.
Muskullarning vazifasi va joylashuviga qarab, har xil shakllarda uchraydi. Masalan, to’rtburchak, yumaloq, deltasimon, kolbasasimon va boshqa shaklardagi muskullar. Ayrim muskullar suyakning turli qismlaridan boshlanib bitta tanacha bitta dum hosil qilib suyakka tutashadi. Bunday muskullarga ikki boshli, uch boshli, to’rt boshli muskullar misol bo’ladi.
Ikki qorinchali muskul o’rtasidan pay bilan bo’lingan bo’ladi. Muskullar vazifasiga ko’ra, bukuvchi, yozuvchi, aylantiruvchi (ichkariga va tashqariga), ko’taruvchi, yaqinlashtiruvchi, uzoqlashtiruvchilarga bo’linadi.
2. Muskullarning shakllari va vazifasi aks etgan tablitsa va plakatlarni ko’rsatib tusutiriladi.
3. Mustaqil ish bajarish davrida talabalar muskullarning shakllarini taftarlarga chizadilar.

Download 17.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling