Fan olimpiadasining


Download 35.07 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi35.07 Kb.
#151415
Bog'liq
Olimpiada 2020 21


2020-2021 o‘quv yili uchun “Fan olimpiadasining ” I-tur maktab bosqichida 9-sinflar uchun Fizikadan test savollari

1. Avogadro soni deb qanday 捯zik kattalikka aytiladi?

A) 12 g ugleroddagi atomlar soniga; B) 1 mol moddadagi zarralar soniga;

C) 18 g suvdagi molekulalar soniga; D) javoblarning hammasi to‘g‘ri.

2. Modda miqdori 25 mol bo‘lgan kislorodning massasini aniqlang (g).

A) 144; B) 800; C) 270; D) 600.

3. 27 g suvda necha mol modda bor?

A) 2; B) 1,8; C) 0,9; D) 1,5.

4. Molekulalar soni 2,4⋅1024 ta bo‘lgan azot gazi moddasining miqdori

qanday ( mol ) ?

A) 2; B) 4; C) 1,5; D) 3.

5. 5 mol suv qancha hajmni egallaydi (cm3)?

A) 2; B) 90; C) 64; D) 18.

6. Gazning hajmi 2 marta ortib, molekulalarining o‘rtacha kvadratik

tez ligi 2 marta kamaysa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?

A) 4 marta ortadi; B) 8 marta kamayadi;

C) 4 marta kamayadi; D) 8 marta ortadi.

7. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadrat tezligi

30 % ga ortsa, gaz bosimi qanday o‘zgarishini toping.

A) 25 % ga ortadi; B) 69 % ga ortadi;

C) 10 % ga ortadi; D) 20 % ga ortadi.

8. Bosimi 4⋅105 Pa va hajmi 2 m3 bo‘lgan bir atomli ideal gaz moleku­

lalarining kinetik energiyasini hisoblang (J).

A) 1,8⋅105; B) 1,2⋅106 ; C) 2,4⋅105; D) 4⋅105.

9. Ballondagi geliy gazining temperaturasi 27 °C dan 227 °C gacha ko‘ta-

rilsa, gaz zichligi qanday o‘zgaradi?

A) 4 marta ortadi; B) 2 marta ortadi; C) 3 marta ortadi; D) o‘zgarmaydi.

10. Ballondagi kislorodning temperaturasi 227 °C dan 127 °C gacha pa­

saysa, undagi gaz molekulalarining konsentratsiyasi qanday o‘zgaradi?

A) 4 marta ortadi; B) 2 marta ortadi; C) 4 marta kamayadi; D) o‘zgarmaydi.

11. Gazning absolyut temperaturasi 4 marta ortganida, molekulalarning

o‘rta cha kvadratik tezligi necha marta ortadi?

A) 2; B) 3 ; C) 4; D) 3.

12. Gazning absolyut temperaturasini necha marta ko‘targanda, molekulalar ning o‘rtacha kvadratik tezligi ikki marta ortadi?

A) 2 marta; B) 16 marta; C) 8 marta; D) 4 marta.

13. 4 00 K temperatura 138 kPa bosimda gaz molekulalarining konsen-

tratsiyasi nimaga teng (m-3)?

A) 2,5⋅1025; B) 5⋅1025; C) 1,38⋅107; D) 2, 76⋅106.

14. 50 mol gaz 75 kPa bosim ostida va 27 °C temperaturada qanday

hajmni egallaydi (m3)?

A) 8,31; B) 1,662; C) 31; D) 6,2.

15. Temperaturasi 27 °C bo‘lgan 2 mol gazning bosimini toping ( Pa). Gaz-

ning hajmini 4 l ga teng deb oling.

A) 6,12·105; B) 5,45·105; C) 12,46·105; D) 24,9·105.

16. Gazning bosimi 12 marta ortsa, hajmi esa 3 marta kamaysa, uning

absolyut temperaturasi qanday o‘zgarishini aniqlang.

A) 3 marta kamayadi; B) 3 marta ortadi; C) 10 marta ortadi; D) 4 marta ortadi.

17. Boyl-Mariott ideal gaz parametrlari uchun qanday bog‘lanishni

o‘rgangan?

A) p ∼V; B) p ∼1/V; C) p ~ T; D) V ∼ T.

18. Izotermik jarayonda gazning bosimi 2 marta ortdi. Bunda gaz

molekulalari ning o‘rtacha kvadratik tezligi qanday o‘zgaradi?

_________________________________________________________________________

19. Izotermik jarayonda gaz bosimi 4 marta ortdi. Bunda gaz konsen-

tra tsiyasi qanday o‘zgaradi?

_________________________________________________________________________

20. Rasmda tasvirlanganidek gaz 1-holatdan 2-holatga o‘tganda, uning

bosimi qanday o‘zgaradi?



_________________________________________________________________________

21. O‘zgarmas bosimdagi ideal gaz hajmining temperaturaga bog‘liqligi­

ni kim tajribada o‘rgangan?

_________________________________________________________________________

22. Ideal gaz uchun izobarik jarayonning ifodasini ko‘rsating.

_______________________________________________________________________

23. Ushbu jumlaning mazmuniga mos holda gapni davom ettiring: Izoxo­

rik jarayonda...

_______________________________________________________________________

24. Yopiq idishdagi temperaturasi −96 °C bo‘lgan ideal gazni 81°C gacha

qizdirganda uning bosimi necha marta ortadi?

_______________________________________________________________________

25. Ballondagi gaz 57 °C temperaturada 105 Pa bosimga ega bo‘lsa, qan­

day temperaturada uning bosimi 3⋅105 Pa bo‘ladi (°C)?

_______________________________________________________________________


Maktab direktori: G‘.Allaberganov.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha

direktor o‘rinbosari : I.Boltayev .

Metod birlashma raisi: Q.Haitova.

O‘qituvchi: N.Otajonova.



  1. 2020-2021 o‘quv yili uchun “Fan olimpiadasining ” I-tur maktab bosqichida 10-sinflar uchun nazorat ishi

1.Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Tushishning oxirgi sekundidagi ko‘chishni toping. Harakat davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. Jismning boshlang‘ich tezligini nolga teng deb hisoblang

2.Agar vertikal yuqoriga otilgan jism yo‘lning oxirgi 1/4 qismini 3 s da bosib o‘tgan bo‘lsa, u qancha vaqt ko‘tarilgan? Uning boshlang‘ich tezligi qanday bo‘lgan?

3.Agar boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda 75 m yo‘lni o‘tgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan? Harakatning oxiridagi tezligi nimaga teng?

4.Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang



  1. 2020-2021 o‘quv yili uchun “Fan olimpiadasining ” I-tur maktab bosqichida 10-sinflar uchun Laboratoriya ishi

Mavzu: Sirpanish ishqalanish koefitsentini aniqlash.
III. 2020-2021 o‘quv yili uchun “Fan olimpiadasining ” I-tur maktab bosqichida 10-sinflar uchun Fizikadan test savollari

1. Motorli qayiqning daryo oqimi bo‘ylab suzgandagi qirg‘oqqa nisbatan tezligi 6 m/s, oqimga qarshi suzganda esa 4 m/s. Daryo oqimining tezligi (m/s) nimaga teng?

A) 0,5; B) 1; C) 2,5; D) 5.

2. Jism 15 m/s tezlik bilan vertikal pastga qarab tashlandi. U 2 s o‘tgach qanday tezlikka erishadi (m/s)? A) 25; B) 35; C) 30; D) 45.

3. Jism qanday tezlik bilan vertikal otilsa, u 6 s dan so‘ng otilgan joyiga qaytib tushadi (m/s)? A) 20; B) 35; C) 30; D) 40.

4. Yuqoriga tik otilgan jismning tezligi 2 s o‘tgach, ikki marta kamaydi. U qanday tezlik bilan otilgan? A) 30; B) 40; C) 50; D) 60.

5. Massalari 100 g va 150 g bo‘lgan ikki metall sharcha bir xil tezlik bilan tik yuqoriga otildi. Ularning qaysi biri balandroq ko‘tariladi? Havoning qarshiligini hisobga olmang.

A) massasi kichik bo‘lgan sharcha; B) massasi katta bo‘lgan sharcha;

C) ikkalasi bir xil balandlikkacha ko‘tariladi; D) berilgan ma’lumotlar yetarli emas.

6. Aylanma harakat 50 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakdan 150 ta tishi bo‘lgan g‘ildirakka uzatilmoqda. Birinchi g‘idirak 2 s davomida bir marta to‘liq aylanib chiqsa, ikkinchi g‘ildirakning aylanish davri qancha? A) 3 s; B) 7,5 s; C) 5 s; D) 6 s.

7. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi biri o‘zgarmaydi?

A) oniy tezlik moduli; B) tezlanish moduli; C) o‘rtacha tezlik moduli; D) tezlanish vektori.

8. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanish vektorining yo‘nalishi qanday?

A) trayektoriyaning egrilik radiusi bo‘yicha markazga; B) trayektoriyaga urinma;

C) harakat trayektoriyasi bo‘yicha; D) egri chiziq radiusi bo‘yicha markazdan tashqariga.

9. 125 m balandlikdagi minoradan jism 30 m/s tezlik bilan gorizontal yo‘nalishda otildi. Jismning uchish uzoqligini aniqlang. A) 300 m; B) 120 m; C) 240 m; D) 150 m.

10. Jism yerdan gorizontga nisbatan 30° burchak ostida 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otildi. Boshlang‘ich tezlik vektorining gorizontal va vertikal tashkil etuvchilarini aniqlang (m/s). A) 10 va 14,1; B) 17,3 va 10; C) 14,1 va 10; D) 20 va 10.

11. Gapni to‘ldiring. Tinch holatda turgan yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanayotgan sanoq sistemalari ... deyiladi.

A) ... nisbiy sanoq sistemalari; B) ... inersial sanoq sistemalari;

C) ... noinersial sanoq sistemalari; D) ... absolyut sanoq sistemalari.

12. Massasi 10 kg bo‘lgan jism 20 N kuch ta’sirida qanday harakat qiladi?

A) 2 m/s tezlik bilan tekis; B) 2 m/s2 tezlanish bilan tezlanuvchan;

C) 2 m/s2 tezlanish bilan sekinlanuvchan; D) 20 m/s tezlik bilan tekis.

13. 1 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga ko‘tarilayotgan liftda 50 kg massali odam turibdi. Odamning og‘irligi qanchaga teng (N)? A) 50; B) 500; C) 450; D) 550.



14. Qo‘zg‘almas blokka arqon orqali massalari m1 va m2 bo‘lgan yuklar osilgan. Ular qanday tezlanish bilan harakatlanadi? m1 < m2 deb olinsin.

15. Liftning qanday harakatida undagi jismda yuklama vujudga keladi?

A) Yuqoriga o‘zgarmas tezlik bilan; B) Pastga o‘zgarmas tezlik bilan;

C) Yuqoriga o‘zgarmas tezlanish bilan; D) Lift harakatsiz bo‘lganda.

16. Yo‘ldoshning geostatsionar orbitasi deyilganda nima tushuniladi?

A) Yo‘ldoshning Yer sirtidan minimal orbitasi;

B) Yo‘ldoshning Yer sirtidan maksimal orbitasi;

C) Yo‘ldoshning Yer sirtidan ma’lum balandlikda siljimasdan turish orbitasi;

D) Yo‘ldoshda kosmonavtlar kuzatuvlar olib boradigan orbita.

17. Dinamometr uchlariga ikkita 60 N dan bo‘lgan qarama-qarshi kuchlar qo‘yilsa, dinamometr necha nyutonni ko‘rsatadi? A) 15; B) 30; C) 60; D) 120.

18. 3 N va 4N kuchlar bir nuqtada qo‘yilgan. Kuch yo‘nalishlari orasidagi burchak 90°. Teng ta’sir etuvchi kuch moduli qanday (N)?

_______________________________________________________________________

19. ... turli shakldagi harakatlar va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy o‘lchovidir. Gapni to‘ldiring.

_______________________________________________________________________

20. Energiyaning SI dagi birligi nima?

_______________________________________________________________________

21. … kuchning shu kuch ta’sirida ro‘y bergan ko‘chishga skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalik. Gapni to‘ldiring.

_______________________________________________________________________

22. Energiya hech qachon yo‘qolmaydi ham, yo‘qdan paydo bo‘lmaydi ham u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Bu nimaning ta’rifi ?

_______________________________________________________________________


23. Foydali ishning to‘la ishga nisbati nimani anglatadi?

_______________________________________________________________________

24. Sistemaning … deb, uning kinetik va potensial energiyalarining yig‘indisiga aytiladi Gapni to‘ldiring.

_______________________________________________________________________

25. … to‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi. Gapni to‘ldiring.

_______________________________________________________________________


Maktab direktori: G‘.Allaberganov.

O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha

direktor o‘rinbosari : I.Boltayev .

Metod birlashma raisi: Q.Haitova.



O‘qituvchi: N.Otajonova.
Download 35.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling