Fan: Operatsion tizimlar 11-maruza. Jarayonlar va oqimlarni rejalashtirish. O’qituvchi: dotsent. Hamroyev A. Sh


Kvantlash asosidagi rejalashtirish algoritmlari


Download 352.9 Kb.
bet4/6
Sana24.04.2023
Hajmi352.9 Kb.
#1395793
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza OT3

Kvantlash asosidagi rejalashtirish algoritmlari

  • Oqimga protsessor vaqti kvantini ajratadi
  • Oqim kiritish-chiqarishning tugashini kutadi
  • Kiritish-chiqarish tugallanadi
  • Oqim kvantni tugatadi

Ustuvorliklarga asoslangan rejalashtirish algoritmlari

  • Fiksirlangan ustuvorlik - oqimning ustuvorligi u yaratilganda OT tomonidan belgilanadi va oqim bajarilayotganda o'zgarmaydi.
  • Dinamik ustuvorlik - ustuvorlik oqimning o'zi yoki foydalanuvchi tashabbusi bilan o'zgartirilishi mumkin yoki OT tizimdagi vaziyatga qarab oqimlarning ustuvorliklarini o'zgartiradi.

Fiksirlangan ustuvorlik
Dinamik ustuvorlik

Operatsion tizimlarda axborotga paketli ishlov berish bo’yicha rejalashtirish

  • Axborotga paketli ishlov berishning asosiy maqsadi va samaralilik mezoni maksimal o’tkazish qobiliyatidir, ya'ni vaqt birligida masalalarning maksimal miqdorini hal qila olishidir.
  • Ushbu maqsadga erishish uchun paketli ishlov berish tizimlari quyidagi funksional sxemasidan foydalanadi: ish boshida vazifalar paketi shakllantiriladi, har bir vazifa tizim resurslariga bo’lgan talablarni o'z ichiga oladi; bu paketdan bir vaqtning o'zida bajariladigan vazifalar, ya’ni multidasturlar aralashmasi hosil bo'ladi. Ularni bir vaqtda bajarish uchun hisoblash mashinasining barcha qurilmalarining muvozanatli yuklanishi ta'minlanishi uchun resurslarga turli xil talablar qo’yadigan vazifalar tanlanadi. Vazifalar to'plamidan yangi vazifani tanlash tizimdagi ichki vaziyatga bog'liq. Shuning uchun, ommaviy operatsion tizimlar ostida ishlaydigan hisoblash tizimlarida ma'lum bir vazifani ma'lum vaqt ichida bajarilishini kafolatlash mumkin emas.

Operatsion tizimlarda axborotga paketli ishlov berish bo’yicha rejalashtirish algoritmlari

1. "Birinchi kelgan - birinchi xizmat" (FIFO - First In Fist Out)

  • Afzalliklari: - oddiylik; - adolatlilik (xaridorlar navbati kabi, kim oxirgi kelgan bo'lsa, oxirgi navbatni oladi).
  • Kamchiliklari: - jarayon protsessor imkoniyatiga ko’ra qisqa vaqtda bajarilishi mumkin bo’lgan jarayonlarga navbatni bermaydi va vazifalar bajarilishi sekinlashishi mumkin.
  • 2. "Eng qisqa vazifa - birinchi“ Ushbu algoritmning mohiyati: paketdagi eng qisqa vazifa birinchi navbatda bajarish uchun ishga tushiriladi.
  • Afzalliklari: - ishlash vaqtini qisqartirish; - adolatlilik (xaridorlar navbatidagi kabi, kim qaytimsiz savdo qilsa oldinga o'tadi);
  • Kamchiliklari: - protsessorni egallagan uzoq jarayon, keyinchalik kelgan yangi qisqa jarayonlarga yo'l bermaydi.
  • - Vazifani bajarish vaqti haqida preventive axborot talab qilinadi.

Download 352.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling