Fan: O’zbek tili (davlat)
Eng muhimi hozirgi zamon antropogen ekosistemalarga shaharlar, qishloqlar, transport kommunikatsiyalari kiradi
Download 72 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-sinf ekologiya va biz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalarning ko’p ishlatilishi qishloq aholisining sog’lig’iga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin.
- Ana shu xislatlarni ozida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Uyga vazifa
Eng muhimi hozirgi zamon antropogen ekosistemalarga shaharlar, qishloqlar, transport kommunikatsiyalari kiradi.
Shaharlarda tabiat muhitining o’zgarishi yaqqol namoyon bo’ladi. Sanoat va turmush chiqindilari tuproqda, suvda, o’simliklarda ko’payib ketdi. Shahar aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar keng tarqaladi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug’lik yetishmasligi esa D avitaminozini ko’paytiradi. Qishloq ekologik sistemalari o’z xususiyatlari jihatidan shahar ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o’simlik turlarining xilma – xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar kasalliklar qishloqda ko’proq uchraydi. Qishloq xo’jaligida pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa kimyoviy moddalarning ko’p ishlatilishi qishloq aholisining sog’lig’iga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ozon “tuynugi”. XX asrning 50 – yillaridan boshlab, havoda freon gazlarining (xlor, ftor, uglerod) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25 km balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan. 1989 – yil 81 mamlakat olimlari, mutaxassislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000 – yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib borish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni qisqarib bormoqda. Ozon qatlamining yemirilib borishida faqat freon gazlarining emas, balki inson tabiatga bo’lgan ta’sirining ortib borishi ham sabab bo’lmoqda.Hozirgi kundagi global muammolar bu O’zbekiston hududidagi muammolardan biri Orol qurib ketishi va shu bilan Qoraqalpog’iston Nukus hududlaridagi odamlarning hayoti ancha og’irlashgani va ularning hayoti uchun juda havfli ekanligi masalan, sochlarning to’kilib borishi, tishlarning to’kilib ketishi, ekinlarning sho’r ostida qolishi. Bu muammo faqat Nukus aholisini emas, balki butun O’zbekiston aholisining global muammosi hisoblanadi. Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go'shadir. Tabiat ularni to'ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O'z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo'yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklari-ni ko'paytirish tuyg'usi bilan uyg'unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o'tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekan-ligimizni unutib qo'ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «Ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so'zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so'zlaridan olingan bo'lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo'lgan omillar, fnuhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilim-larni targ'ib etish asoslarini o'rganadi. Yangi asrning barkamol kisliisi o'zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo'lish, o'simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuk-sak ko'rsatkichldir. Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Uyga vazifa: Download 72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling