Fan: O‘zbek tili Tayyorladi: Kaxxorova Bahor Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna mavzu
Download 41.72 Kb.
|
venera
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu rejasi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Mustaqil ish Davolash ishi, D-2 103-B, Gruppa. Fan: O‘zbek tili Tayyorladi: Kaxxorova Bahor Qabul etdi: Berdieva Zebo Uralovna MAVZU:KO’MAKCHI Mavzu rejasi: 1. YORDAMCHI SO‘ZLAR 2.Bosh kelishikdagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar 3.Jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar 4.Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar 5.Ko‘makchi otlar YORDAMCHI SO‘ZLAR.KO’MAKCHILAR HAQIDA. YORDAMCHI SO‘ZLAR.KO’MAKCHILAR HAQIDA. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib, ularni boshqa so‘zga (ko‘pincha fe’lga) grammatik jihatdan tobelanishini ta’minlaydigan so‘zlar ko‘makchi deyiladi. Ko‘makchilar gapda o‘zidan oldingi mustaqil So‘zlar bilan birikib ularga vosita, maqsad, sabab, payt, makon kabi ma’nolarni qo‘shadi va shu so‘zlar bilan birga bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra: sof ko‘makchilar va vazifadosh ko‘makchilardan iborat bo‘ladi: sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi; ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlargatomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi. Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlar guruhi tarkiban qo‘yi-dagi mustaqil so‘zlarning nutqda ko‘makchi vazifasida ishlatilishi, ya’ni grammatikalizatsiyalashuvi natijasida yuzaga keladi: a)ot ko‘makchi-lar nutqda ham mustaqil ma’noda, ham ko‘makchi vazifasida ishlatila-digan ot, sifat yoki ravish turkumiga mansub bo‘lgan quyidagi so‘zlar-dan tashkil topadi: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda kabi otlardan; sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa kabi sifatlardan; burun, ilgari, keyin,beri, buyon,asosan, binoan, so‘ng singari ravishdan iborat bo‘ladi; Download 41.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling