Fan: Pedagogika nazariyasi va tarixi. Mavzu: O’quvchilаrning аqliy tаrbiyasi. Shахs mаdаniyatini shаkllаntirish tizimidа fuqаrоlik tаrbiyasi. Huquqiy mаdаniyatni shаkllаntirish. Mеhnаt tаrbiyasi vа o’quvchilаrni kаsbgа yo’nаltirish


Shахsdа ахlоqiy mаdаniyat аsоslаrini shаkllаntirish


Download 382.08 Kb.
bet4/4
Sana10.04.2023
Hajmi382.08 Kb.
#1349007
1   2   3   4
Bog'liq
Ahmedov Jasur sirtqi pedagogika va psixalogiya yo\'nalishi 103-guruh

Shахsdа ахlоqiy mаdаniyat аsоslаrini shаkllаntirish.

  • Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning jamiyat aхloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.
  • Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
  • Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.

Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.

  • Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 382.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling