Fan: Python dasturlash tili O’qituvchi: A. A. Otaxonov
Download 106.49 Kb.
|
4 ma\'ruza Takrorlash operatorlari Takrorlash operatorlarida break
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!
MAVZU: Takrorlash operatorlari. Takrorlash operatorlarida break va continue buyruqlari. FAN: Python dasturlash tili O’QITUVCHI: A.A.OTAXONOV REJA:
Takrorlashlar bir qancha shartlarning bajarilishiga qarab, bir qancha amallarni bajarishga imkon beradi. Pythonda quyidagi turdagi takrorlash operatorlari mavjud:
while sikl operatori while sikli berilgan shartni haqiqatini tekshiradi va agar shart rost bo'lsa, u holda tsiklning ko'rsatmalarini bajaradi. U quyidagi rasmiy ta'rifga ega: while shartli_ifoda: ifodalar while kalit so'zidan keyin shartli ifoda keladi va bu ifoda True deb baholanar ekan, undan keyingi ifodalar bloki bajariladi. While takrorlash operatoriga misol: son = 1 while son < 5: print(f"son = {son}") son += 1 print("Dastur yakunlandi") Bu holda, “son” o'zgaruvchisi 5 dan kichik bo'lsa, while sikli ishlaydi. Dastur natijasi quyidagicha: while sikli uchun siz shart False bo'lganda operatorlari bajariladigan qo'shimcha else blokini ham belgilashingiz mumkin: son = 1 while son < 5: print(f“son = {son}") son += 1 else: print(f“son = {son}. Takrorlash yakunlandi") print(“Dastur tugadi") Natija quyidagicha-> for takrorlash operatori Takrorlashning yana bir turi for konstruktsiyasidir. Ushbu sikl qiymatlar to'plamini takrorlaydi, har bir qiymatni o'zgaruvchiga qo'yadi va keyin siklda biz ushbu o'zgaruvchi bilan turli amallarni bajarishimiz mumkin. for siklining standart ko’rinishi: for o'zgaruvchi in qiymatlar_to’plami: ifodalar for kalit so'zidan keyin qiymatlar joylashtiriladigan o'zgaruvchining nomi keladi. Keyin in operatoridan keyin qiymatlar to'plami va ikki nuqta qo'yiladi. xabar = "Salom" for c in xabar: print(c) Natija quyidagicha-> for siklida sikl tugagandan keyin bajariladigan qo'shimcha else bloki ham bo'lishi mumkin: xabar = "salom" for c in xabar: print(c) else: print(f"Oxirgi belgi: {c}. sikl tugadi"); print("Dastur tugatildi") Natija quyidagicha-> Ichma-ich joylashgan sikllar Ba'zi sikllar boshqa sikllarni o'z ichiga olishi mumkin. Ko'paytirish jadvalining chiqishi misolini ko'rib chiqamiz: i = 1 j = 1 while i < 10: while j < 10: print(i * j, end="\t") j += 1 print("\n") j = 1 i += 1 Karra jadvali dasturi natijasi: for takrorlash operatori ham ichma-ich ishlatilishi mumkin: for c1 in "ab": for c2 in "ba": print(f"{c1}{c2}") Natija quyidagicha-> Takrorlashda break va continue Biz siklni boshqarish uchun maxsus break va continue kalit so’zlaridan foydalanishimiz mumkin. break operatori sikldan chiqadi. continue kalit so’zi siklning keyingi iteratsiyasiga o'tkazadi. Agar siklda uning keyingi bajarilishiga mos kelmaydigan shartlar hosil bo'lsa, break operatoridan foydalanish mumkin. Quyidagi misolni ko'rib chiqamiz: son = 0 while son < 5: son += 1 if son == 3 : # agar son= 3, sikldan chiqadi break print(f"son = {son}") Natija quyidagicha-> ETIBORINGGIZ UCHUN RAHMAT!Download 106.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling