Фан: “ШАҲАРЛАРНИ ТРАНСПОРТ РЕЖАЛАШТИРИШ” Маърузачи: к.ў. С.С.Ражапова 8-mavzu. Transportda xizmat kо‘rsatish uchun uchun shahar kо‘cha tarmog‘ining moslashuvchanligi. - Reja:
- 1. Avtomobil harakatiga kо‘rsatiladigan qarshilik kuchlari va avtomobilning dinamik xarakterikteristikasi.
- 2. Kо‘cha qatnov qismining о‘tkazish qobiliyati, trotuar va tramvay yо‘llari.
- Tayanch so’z va iboralar: шаҳар йўллари, кўчалар, тармоқ, шаҳарларни режалаштириш, moslashuvchanlik.
1. Avtomobil harakatiga kо‘rsatiladigan qarshilik kuchlari va avtomobilning dinamik xarakteristikasi. - Zamonaviy avtomobil yо‘llarining barcha elementlari avtomobillarning hisoblangan tezlik bilan xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi zarur. Yо‘ldagi harakat intensivligi qancha yuqori bо‘lsa, avtomobillarning о‘zaro halaqitlari shuncha kо‘p bо‘ladi va ularning harakat tezliklari kamayadi. Shuning uchun trassaning alohida elementlariga qо‘yiladigan talablarni yо‘lda yakka avtomobilning harakatlanish shartidan kelib chiqib belgilanadi.
- Kо‘tarilishda tezlanish bilan harakatlanayotgan avtomobilga umumiy holda quyidagi qarshilik kuchlari ta’sir qiladi (8.1-rasm): g‘ildirakning g‘ildirashiga qarshilik (g‘ildirab ishqalanish) kuchi Rf, kо‘tarilishdagi harakatga qarshilik kuchi Ri, havoning qarshiligi Rw, harakatlanish tezligi о‘zgarganda hosil bо‘ladigan avtomobilning о‘zining va mexanizmlari aylanuvchi massalarining inersiya kuchlari Rj. G‘ildirashga qarshilik kuchlari va havoning qarshiligi harakatlanayotgan avtomobilga doim ta’sir etadi. Kо‘tarilishdagi harakatga qarshilik va inersiya kuchlari yо‘lning bо‘ylama profili va avtomobilning harakatlanish rejimiga qarab yo mutlaqo bо‘lmasligi yoki hatto manfiy ishoraga ega bо‘lib, harakatga yordam berishi mumkin (tog‘ etagiga tushishda yoki tormozlashda).
Avtomobil harakatiga tQattiq qoplamali yо‘llarda harakatlanishda g‘ildirashga qarshilik yо‘lga tushadigan bosimga tо‘g‘ri mutanosib bо‘ladi: - Avtomobil harakatiga tQattiq qoplamali yо‘llarda harakatlanishda g‘ildirashga qarshilik yо‘lga tushadigan bosimga tо‘g‘ri mutanosib bо‘ladi:
- a’sir etadigan qarshilik kuchlari
bu yerda Gi - alohida g‘ildiraklardan yо‘lga tushadigan yuklama, N;
- g‘ildirashga qarshilik koeffitsiyenti.
Qoplama
|
f ning qiymati
|
Sement-beton va asfalt-beton
|
0,01-0,02
|
Organik bog‘lovchi moddalar bilan ishlov berilgan chaqiq toshdan yoki shag‘aldan tayyorlangan tekis sirt
|
0,02-0,025
|
Bog‘lovchi moddalar bilan ishlov berilmagan chaqiq toshdan yoki shag‘aldan tayyorlangan uncha katta bо‘lmagan о‘yilgan joylari bor
|
0,03-0,04
|
Tosh yotqizilgan yо‘l
|
0,04-0,05
|
Tekis, quruq va shibbalangan tuproq yо‘l
|
0,03-0,06
|
Haydalgan yer, о‘ta nam botqoqli grunt, sochiluvchan qum
|
0,05-0,30 va undan ortiq
|
Do'stlaringiz bilan baham: |