Фан: “ШАҲарларни транспорт режалаштириш”
G‘ildirashga qarshilik koeffitsiyenti
Download 11.67 Kb.
|
ШТР-8-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kо‘cha qatnov qismining о‘tkazish qobiliyati, trotuar va tramvay yо‘llari.
G‘ildirashga qarshilik koeffitsiyenti
Avtomobilning turli tezliklarida tortish kuchi Rrni hisoblash mumkin, bunda avtomobil harakatlanganida tortish kuchining hammasi harakatlanishga qarshilikni yengishga sarflanadi degan shartdan kelib chiqiladi. Tashqi va ichki kuchlarning tenglik sharti (avtomobilning harakat tenglamasi) quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda Rf - g‘ildirashga qarshilik; Ri - tepalikka kо‘tarilishdagi harakatlanishga qarshilik; R - havoning harakatlanishga qarshiligi; Rj - inersiya kuchlarining qarshiligi. Akademik YE.A.Chudakov avtomobilning tortish yoki dinamik sifatlarini dinamik faktor, ya’ni yetakchi g‘ildiraklardagi tо‘liq tortish kuchi bilan havo qarshiligi о‘rtasidagi ayirmaning avtomobil og‘irligiga nisbati bilan tavsiflashni taklif etdi:
Shahar kо‘chalari elementlariga qatnov qismi, tramvay yо‘li, yо‘lkalar, daraxtlar va velosiped yо‘lkalari kiradi. Qatnov qismining kengligi harakatlanishning qatnov kо‘paygan tig‘iz paytlardagi istiqboldagi harakat jadalligiga va kо‘cha toifasini hisobga olingan xolda bitta polosani о‘tkazish qobiliyatini aniqlash chorrahalar о‘rtasidagi masofani va ularning о‘tkazish qobiliyatini hisobga oladigan о‘tkazish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Shahar kо‘chalarini, asosan, katta gabaritli avtomobillar, avtobuslarning harakatlanishi uchun loyihalashda harakatlanish polosasining kengligini hisoblash yо‘li bilan belgilanadi. Chorrahalar о‘rtasidagi kо‘cha bitta polosasining о‘tkazish qobiliyati avtomobil yо‘lidagi harakatlanish polosasining о‘tkazish qobiliyatini hisoblash tenglamasi bilan aniqlanadi, unga chorrahadagi turib qolishlar ta’sirini hisobga oluvchi tuzatma koeffitsiyent kiritiladi: Har qaysi yо‘nalishda bir nechta harakatlanish polosasi bо‘lganida keyingi harakatlanish polosalarining har birining о‘tkazish qobiliyati chetki о‘ng polosaning о‘tkazish qobiliyatiga nisbatan 20....40% ga kamayadi. О‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun reja chiziqlari tortish yoki maysa о‘stirilgan ajratish polosalari yordamida kо‘chani bо‘lish katta ahamiyatga ega. Jamoat transporti yuradigan va jamoat muassasalari joylashgan kо‘chalarda avtomobillar tо‘xtashi va turishi uchun qо‘shimcha polosalar kо‘zda tutilishi kerak. Dastlabki (xomaki) hisoblashlarda bitta harakatlanish polosasining о‘tkazish qobiliyatini 8.2-jadval bо‘yicha qabul qilish mumkin
Kо‘chalar qatnov qismining chetlari ular qizil chiziqdan uzog‘i bilan 25 m masofada turadigan qilib joylashtiriladi yoki qizil chiziqlar bilan qatnov qismi о‘rtasida, о‘t о‘chirish mashinalari о‘tishi uchun, kengligi kamida 6 m bо‘lgan tekislangan bо‘sh polosa qoldiriladi, bu polosa imoratlar chizig‘idan kamida 5 m masofada joylashgan bо‘lishi kerak (8.3-jadval). Boshi berk о‘tish yо‘llari radiusi 10 m bо‘lgan halqasimon aylanib о‘tish joyi yoki 12x12 m о‘lchamli maydonchalar bilan tugashi kerak. Kо‘chalar qatnov qismining eng kam kengligi 8.3-jadvalga kо‘ra aniqlanishi mumkin. Download 11.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling