2. Pedagogikada tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmog'i bunda shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda e'tiqod, dunyoqarash, axloq singari ma'naviy jihatlarni shakllantirish masala-larining yechimi qaraladi.
Pedagogika tarixi - bu jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani va amaliyotining jamiyat taraqqiyoti turli davrlarida qanday mazmun-mohiyatga egaligi, ularning qanday shaklda ifodalanganligi, qaysi usul, vosita, uslubiyat va shakllardan foydalanib faoliyat ko'rsatganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalarnio'rganadi.
Pedagogikaning maktahshunoslik sohasi — bunda ta'limtarbiyani tashkil qilish, uyushtirish va uni boshqarishga oid bo'lgan tashkiliy-pedagogik qonuniyatlar o'rganiladi va ularga mos qonuniyatlar tadqiq etiladi.
Mazkur soha bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari oiib borishda, albat-ta, ta'lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari e'tiborga olinadi. Bu, shuningdek, muammo yechimidagi natijalarning hayotiyligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
5.Defektologiya - bu jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, o'qitish va shakllantirishdagi o'ziga xosliklarni hisobga olib ish ko'radigan pedagogika fani tarmog'i.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Metod haqida tushuncha Metod (lotincha metodas - yoi so'zidan) tadqiqot yo'li, naza-riya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yoiini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi. Obyektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o'rganish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo'lib, ular o'zaro uzviy bog'liqdir.
Mavjud metod (usul)lar asosan quyidagilardir:
adabiyotlarni o'rganish metodi;
kuzatish metodi;
suhbat metodi;
bolalar ijodini o'rganish usuli;
maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi;
eksperiment — tajriba, sinov usuli;
test sinovlari metodi;
statistik ma'lumotlarni tahlil qilish usuli;
matematik va kibernetik usullar;
sotsiologik tadqiqot metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |