Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi - pedagogik hodisa-lar va faktiarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chu-qur o'rganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonuniga amal qilinmog'i kerak. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda, o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy eti-lishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq qiymatga ega bo'ladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi - maktab o'quvchilari ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli o'quvchilar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinch-kovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtinshninig to'g'ri yo'Uarini ko'rsatib berishga qaratilgan.
Statistik ma'lumotlarni analiz va sintez qilish metodi - pedagogik tadqiqotning kerakli statistik ma'lumotlarini ma'lum bir maq-sad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan, madaniyat, ta'lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shadi. Xalq ta'limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablagiarning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali qurol-lar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tushadigan mablag'lar statistika usuli orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi- o'quvchilardan so'rash usuli bo'lib, u o'quv-chilar jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni olish, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash hamda kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq savollar boiib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib chiqishi ko'zda tutiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi anketa metodi deb ataladi.
Hisobiash matematikasi va kibernetika metodlari - hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fan va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalari, hisobiash matematikasi va kibernitika usullari maktab ishida va pedagogikada qo'llanishini talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |