Fan: Tabiiy fanlar (Science) Sana
Download 360.5 Kb.
|
2-dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barakalla! Ofarin
- Yangi mavzu bayoni
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: (salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va darsga o‘quvchilarning tayyorgarligini tekshirish). O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi. Bugungi dars quyidagi kartochkalar asosida baholab borilishini e’lon qiladi: Barakalla! Ofarin Harakat qil! O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan – “46-§. Litosfera plitalari” mavzusi “Geografik diktant” metodidan foydalangan holda takrorlanadi. Bunda geografiya fani Ona tili fani bilan bog`lanadi. Geografik diktant(yozma) Plitalar to’qnashgan joyda yosh tog’lar, yoysimon orollar hosil bo’ladi. Giposentr – Yerning ichki qismidagi yer qimirlash boshlanadigan joy. Yer qimirlashi seysmograflarda yozib olinadi. Astenosfera yumshoq va elastik holatdagi moddalardan iborat. O`quvchilar o`qilgan gaplarni qaysi qobig`ga tegishli ekanini aniqlab, mos grammatik belgilar bilan ajratadilar. Yangi mavzu bayoni: Gidrosfera (yunoncha hydro - "suv", sphaira - "shar") - Yerning suv qobig’i. Gidrosfera okean, quruqlik hamdaatmosferadagi suvlardan iborat. Gidrosferada suv uch xil holatda uchraydi: qattiq (muz), suyuq, bug. Yer sharining uzuksiz suvli gobig'i Dungo okeani deb atalib, unga gidrosferadagi suvning 96,5% i to gri keladi. Dunyo okeanining maydoni 361 mln km2 ga teng bo'lib, u okean, dengiz, qo'ltiq va bo'g'izlardan iborat. Okeanlar - Dunyo okeanining eng yirik qismlari bo’lib, bir-biridan geografik o'rni, geologik tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Dunyo okeanlari to'rtta: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlari. Dengizlar - okeanning bir qismi bo'lib, ular okeandan quruqlik yoki orollar, yarimorollar va suvosti relyefining ko'tarilgan joylari bilan ajralib turadi. Download 360.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling