Qo'ltiqlar - okean, dengiz va ko’llarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan sayoz qismlari. Masalan, Bengaliya, Fors va hokazolar.
Bo'g'iz - okean, dengiz va ko'llarni yoki ularning qismlarini tutashtirib turuvchi ikki quruqlik orasida joylashgan tor suvli yo'lak. Masalan, Gibraltar, La Mansh va boshqalar. Okean suvlarining osti ham quruqlik yuzasi kabi notekis.
Dunyo okeanlari tubi relyefi juda murakkab. Okeanlar tubida materik sayozligi, materik yonbag'ri, materik etagi, okean tubi, o'rta okean tizmalari va chuqur cho'kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud.
Okeanlaring materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning suv tagidagi davomi - materik sayozligi, ya'ni shelf joylashgan. Uning chuqurligi 200 m dan oshmaydi. 200 metrdan 2500-3000 metr chuqurlikkacha bolgan joylar materik yonbag'ri deyiladi. Undan chuqurda okean tagi boshlanadi. Okeanlar tubi relyefida uzluksiz davom etadigan o'rta okean tizmalari, vulgonli tog'lar, cho'kmalar, soylik va platolar mavjud.
Dengiz va okeanlarning chuqurligi exolot asbobi bilan o'lchanadi. Bunda okean yoki dengiz tubiga qarab exolotdan tovush to'lqini yuboriladi. Tovushning okean yoki dengiz tubiga borishi qaytishi uchun ketgan vagt o'lchanib, ularning chuqurliklari aniqlanadi.
Tovushning suvda tarqalish tezligi 1500 m/s, yani tovush to'lqini suvda 1 sekundda 1500 m masofani bosib o'tadi.
Masalan, dengiz ostiga tovush tolqini 3 sekundda yetib borsa, dengiz chuqurligi quyidagicha topiladi:
3 s • 1500 m/s = 4500 m.
Demak, dengizning chuqurligi 4500 m ga teng.
.
Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash “Beshinchisi ortiqcha” metodi asosida o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarga quyidagilarni taqdim etadi.
“BESHINCHISI ORTIQCHA” strategiyasi
Geografik obyekt nomlari
|
To`g`ri javob
|
Okean, dengiz, qo’ltiq, bo’g’iz, daryo
|
daryo
|
Materik yonbag’ri, shelf, okean tubi, suv osti tog’ tizmasi,qirg’oq chizig’i
|
?
|
Himolay, Dreyk, La Mansh, Bering, Gibraltar.
|
?
|
Arabiston, Qizil, O’rta, Qora, Fin
|
?
|
Cho`kindi, granit, aerozol, bazalt, yuqori mantiya
|
?
|
Uyga vazifa berish va o‘quvchilarni baholash. Shundan so‘ng o‘qituvchi uy vazifasini e’lon qiladi:
Uyga vazifa: 48-§ ni o`qib, konspekt qilish va daryo havzasi maketini yasash.
O‘quvchilarni baholash va darsni yakunlash: o‘quvchilar darsdagi ishtiroki va yig‘gan kartochkalariga qarab o‘qituvchi tomonidan baholanadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilarda mavzu yuzasidan savollari bor-yo‘qligini so‘raydi va dars yakunlanganini e’lon qiladi.
Sana: 13.10.2023 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |