Fan taraqqiyotining davrlari


Download 0.49 Mb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1502460
1   2   3   4
Bog'liq
ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Fanning internasionalizasiyalashuvi tendensiyalari kuchayib bormoqda, fanning o‘zi fanlararo kompleks tahlil predmetiga aylanmoqda. Uni o‘rganishga nafaqat fanshunoslik, fan falsafasi, balki sosiologiya, psixologiya va tarix ham kirishmoqda.


Hozirgi zamon fani Katta fan deb ataladi.
XX asr oxirida er yuzidagi olimlar soni 5 mln. kishidan oshgan bo‘lsa, XXI asrning birinchi o‘n yilligida 6 milliondan oshib ketdi.
Fanda 15 ming yo‘nalish va bir necha yuz ming ilmiy jurnallar mavjud.
YAngi energiya manbalari va axborot texnologiyalari – hozirgi zamon fanining istiqbolli yo‘nalishlari.

O‘zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi (O‘zFA) mamlakatimizning bosh ilmiy tashkiloti

  • Uning tarkibida 36 ta ilmiy tadqiqot muassasalari, 4ta davlat muzeyi, 3 ta hududiy bo‘lim: Xorazm Ma’mun akademiyasi, Qoraqolpog‘iston va Samarqand bo‘limi, 4 ta Andijon-Namangan, Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo va Surxondaryo ilmiy bo‘limlari kiradi, bugungi kunda ularning moddiy texnika bazasi yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi.
  • 2007 yilning 2 oktyabrida O‘zFA “Astranomiya” institutining olimlari B.Xafizov hamda A.Sergeevlar tomonidan Maydanak baland tog‘ observatoriyasida (Qashqadaryo vil.) kashf qilingan kichik sayyora 2010 yilda Prezidentimiz Islom Karimovning taklifiga ko‘ra fan, jumladan, astronomiya ilmida olimu fuzalolarga doimo boy bo‘lib kelgan qadimiy shahar “Samarqand” nomi bilan ataldi va u AQSHning “Garvard kichik sayyoralar” forumida “210271” raqami bilan ro‘yxatga olindi, hamda O‘zbekistoniya, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Beruniy, al-Xorazmiy kabi kichik sayyoralar qatoridan o‘rin oldi. 2013 yilda YAponiya olimlari tomonidan kashf qilingan navbatdagi kichik sayyoraga “Maydanak” deb nomlanishi o‘zbek ilmining jahonda e’tirof etilishining ifodasidir. SHuningdek O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi bir tomondan kelgusidagi energiya tanqisligini oldini olishga yo‘naltirilgan sa’y harakat bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘zbek olimlarining yuksak ilmiy salohiyatidan darak beradi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling