Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Download 1.28 Mb.
bet54/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Sirtlarni jilvirlab ishlov berish. Sirtlarni pardozlashdan oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqliligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir qirralarni hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish lozim. Jilvir bir tomoniga mayda qattiq minerallar yoki shisha kukuni elimlab yopishtirilgan ip mato yoki qalin qog‘ozdan iboratdir. Ular o‘z navbatida donlarining yirikligiga karab dag‘al (^1 6, ^1 5, ^1 4), o‘rtacha (^1 3, ^1 2), mayda (^1 1, ^1 0), pardozlash (^1 00, Ld 000) jilvirlariga bo‘linadi. Sirtlarni jilvir bilan pardozlashda maxsus yog‘ochlar bo‘lishi va jilvirni ularga 68-rasmdagi kabi mixlar bilan mahkamlanishi lozim. Kichik yog‘och detallar boshqacha usulda ishlanadi. Jilvirni tekis yuzali taxtaga o‘rnatiladi va ishlov beriladigan detalni ana shu taxtaga qo‘yib turli yo‘nalishlarda ishqalanadi (69-rasm). Buyum detalining sirtiga gullar tushirishni oldin tayyorlab qo‘yilgan o‘yma andaza bilan bajarish eng ma’qul usuldir. Bunda turli bo‘yoqlar buyum ning tayyorlab qo‘yilgan namunasiga qarab cho‘tka bilan surtiladi. Gul tushirilgan sirt yaxshi qurigach, unga yaltiraydigan lok surtiladi. Sirtlarni ranglar bilan pardozlash ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Bundagi farq faqatgina shundan iboratki, buyumning sirtiga bir xil rang yupqa qatlam qilib surtiladi. Jilvirlash yo‘li bilan zagotovkaning sirti tekislanadi, lekin o‘lchamlari va shakli o‘zgartirilmaydi, yog‘och-qirindi plitalarni jilvirlashga mo‘ljallangan quvvatli avtomatik stanoklar liniyasidagina jilvirlash yo‘li bilan zagotovkalarning qalinligi tegishlicha o‘zgartirilib, ularga muayyan o‘lcham beriladi. Zagotovkalar stilindrlari pastda o‘rnatilgan jilvirlash stanoklarida jilvirlanganda ham shunday natija olinadi. Jilvirlash vaqtida tez harakatlanuvchi qumqog‘oz zagotovkaning sirtiga ishqalanadi. Qog‘ozga yelimlab yopishtirilgan jilvirdonlari zagotovkaning sirtidagi g‘adir-budurlarni mikroskopik keskichlardek kesadi. Sanoatda jilvirlash tasmasi harakatlanadigan stanoklardan ko‘proq foydalaniladi (enli tasmaning eni 500 mm dan ziyod, ensiz tasmaning eni 100-400 mm bo‘ladi). Jilvirlash qumqog‘ozi stilindrlar sirtiga yoki diskning torest sirtiga qoplangan (stilindrik stanoklar) stanoklardan ham foydalaniladi yoki diskning torest sirtiga tortiladi (diskaviy stanoklar).


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling