Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 1.28 Mb.
|
5 sinf texnologiya ogilbollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- Dars uslubi
- Uyga vazifani so‘rash
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish; Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster” Darsda jihozi: Yog‘оchgа ishlоv bеrish stаnоklаri, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish b) Topshiriqlarni tekshirish c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish Yangi mavzu bayoni: Yog‘ochga ishlov berish stanoklari va ularning tuzilishi haqida tushuncha: Maktab duradgorlik ustaxonalarida aksariyat xollarda STD-120 tipidagi yog‘ochga ishlov tokarlik stanoklari o‘rnatiladi. Yog‘ochga ishlov beruvchi tokarlik stanoklari yordamida yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlarga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi. STD-120 tipidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik stanogining asosiy uzellariga stanina1, oldingi babka 2, ketingi babka 3., tirgak 4, o‘yuvchi moslama 5 ham bo‘lib, uning yordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi (69- rasm). Stanina stanokning tayanch-tutqich uzeli bo‘lib, ular bo‘ylab keyingi babka va tirgak bo‘ylama yo‘nalishda suriladi. Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi babkaning shpindeliga pog‘onali shkiv kiydirilgan bo‘lib, unga tasma orqali elektrik dvigateldan harakat uzatiladi. Tasmani shkivning turli pog‘onalariga almashtirish yo‘li bilan shpindelning aylanishlar soni o‘zgartiriladi. Keyingi babka uzun o‘lchamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma) larni o‘rnatish imkonini beradi. Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi. Ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga va unga qanday ishlov berilishiga qarab, tirgakni shpindelga parallel yoki ko‘ndalang holda staninaga o‘rnatiladi. Tirgak hamma vaqt markazga moslanib, ishlanadigan yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi. Keyingi babka va tirgak staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surilganidan so‘ng tortqi boltlar yordamida staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib qotirib qo‘yiladi. Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak: 1. Shpindelning hamma vaqt to‘g‘ri (ishlayotgan odamga qarab) aylanishiga e’tibor berish kerak. 2. Ishlanadigan yog‘ochlarni markaz va vilka orasiga, patronlarga, planshaybaga mahkam o‘rnatish lozim. 3. Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog‘och o‘rnatmaslik kerak. 4. Ish vaqtida tirgakni hamma vaqt markazga moslab, yog‘ochga yaqin o‘rnatib borish zarur. Buning uchun yo‘nish davomida vaqti-vaqti bilan tirgakni yog‘ochga yaqinlashtirib surib boriladi. 5. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo‘naltiruvchilariga mahkam qotirib o‘rnatish kerak. 6. Stanokni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo‘l bilan tekshirmaslik kerak. 7. Ish vaqtida himoya ko‘zoynagini taqib ishlash zarur. Mashinalarning asosiy qismlari. stanoklarning qismlaridagi kuch harakatning uzatilish yo‘li, stanokni ishga tayyorlash bosqichlari Ma’lumki, mashina va mexanizmlarni xarakatga keltirish uchun eng avvalo biror energiya manbai bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, mexanikaviy uzatishlar vallarning o‘zaro joylashishiga qarab, parallel, kesishgan, ayqash vali turlicha, uzatish sonining o‘zgarishiga qarab esa uzatish soni o‘zgarmas, pog‘onali o‘zgaruvchan va pog‘onasiz xillarga bo‘linadi. Bundan tashqari o‘quvchilarga uzatishlar to‘g‘risida ham qisqacha va yetarli ma’lumotlar berish zarur. Energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigateli, bug‘ mashinasi, dvigatellardan foydalanish mumkinligi xaqida yuqorida gapirib o‘tgan edik. Mashinaning ish bajaruvchi organlari bilan birga enegiya manbai o‘rtasida muhim vazifani bajaruvchi o‘zak xaqida ya’ni uzatmalar xaqida fikr yuritamiz. Shunday qilib, energiya manbai mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda xarakat talab qilinganidek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deb ataladi. Mashinasozlik, mexanikaviy, elektrik, gidravlik usullardan foydalaniladi. Ularning eng ko‘p ishlatiladigan mexanikaviy uzatmalaridir. Bu uzatmalar alohida va boshqa tur uzatmalar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. Mexanikaviy uzatmalar ikki turga bo‘linadi. 1. Ishlanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (funkstional tasmali uzatmalar). 2. Ishlash xisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli uzatmalar). Demak mexanikaviy uzatmalarni tashkil etuvchi asosiy detallar o‘zaro tegib turadi yoki egiluvchi zveno 1 tasma zanjir orqali bog‘langan bo‘ladi. Ishlanish xisobiga ishlovchi uzatmalar asosiy detallari (g‘ildirak, shkif va shu kabilar) silliq sirtga ishlash xisobiga ishlaydigan uzatmalarning asosiy detallari (tishli g‘ildirak, chervyak va shu kabilar) eng katta buruvchi manbaning uzatilishini ta’minlaydigan tishlarga ega bo‘ladi. Uzatmalarni energiya manbaidan energiyani bevosita qabul qilib, ish bajaruvchi qismiga uzatuvchi vall esa etaklovchi vall deb, bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi qismiga uzatuvchi vall esa etaklanuvchi vall deb ataladi. Agar uzatma bir necha pog‘onali bo‘lsa, xar bir pog‘onaning manbai tomonidan birinchi valli ikkinchi valga nisbatan etaklovchi, ikkinchi vall esa pog‘onadagi etaklanuvchi vall bo‘ladi. Yuqorida bayon qilingan mashinasozlik elementlarini o‘quvchilarga tushuntirmay va o‘rgatmay turib ularning fikrlash qobiliyatlarini ya’ni texnikaga oid bo‘lgan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish samarali natija bermaydi. Bundan tashqari o‘quvchilarga uzatmalar to‘g‘risida ham qisqacha va yetarli ma’lumotlar berish zarurdir, shuning uchun uzatmalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling