Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.28 Mb.
bet64/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Аsbоb-uskunа vа mоslаmаlаr, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

G‘o‘la yog‘ochdan yupqa qatlam shaklida shilib olingan yupqa list materiallar shpon deb ataladi. Ularning qalinligi 0,3 mm va undan ortiq bo‘ladi. Shponlarni ustma-ust, tolalarini o‘zaro perpendikulyar holda yopishtirishdan hosil bo‘lgan qatlam faner deyiladi. Tayyorlash usuliga ko‘ra shilingan, randalangan, yo‘nilgan va elimlangan fanerlar bo‘ladi. Randalangan faner eman, chinor, yong‘oq, zarang, shumtol, qarag‘ay g‘o‘lalaridan tayyorlanadi. Bunday fanerlar xunuk teksturali yumshoq yog‘ochlardan yoki qayindan yasalgan va DSP ya’ni yog‘och qipiqlarni presslab tayyorlangan buyumlar yuzasiga qoplash uchun (pardoz sifatida) ishlatiladi. Ularning qalinligi 0,8-1,5 mm, eni 80 va bo‘yi 1000 mm
bo‘ladi. Umuman faner listlarning o‘lchamlari turiga, ishlanish usuliga va sortiga qarab har xil, masalan, eni 1525, bo‘yi 1830 va qalinligi 12 mm gacha bo‘ladi. Yelimlangan faner bir-biriga elimlab yopishtirilgan 3 dan 15 tagacha toq sonli shponlardan iborat bo‘lib, oqsilli yelim bilan yopishtiriladi. Fanerlarning o‘zi esa buyumga BF markali, albumin, kazeinli elimlar bilan yopishtiriladi.Fanerlar markalariga ko‘ra FK va FBA fanerlarga bo‘linadi. Faner ikki tomoni bir xil mustahkam material bo‘lib, taxtalarga qaraganda kamroq tob tashlaydi, yelimlab yopishtirilganda yoki shpilkalar bilan tortib mahkamlanganda tob tashlangan joylari to‘g‘rilanadi. U ortiqcha yorilmaydi, mavjud yoriqlari orqa tomoniga o‘tmaydi.Faner qayishqoqligi uchun oson egiladi va tashishga ham qulay. Ana shu jihatlari bilan u yog‘och taxtalardan afzaldir. Pardozlash-ishning so‘nggi operastiyasi bo‘lib, unda alohida detallar yoki umuman buyumning sirtini chiroyli kilinadi, namlikka chidamliligi oshiriladi, xasharotlardan saqlash uchun unga tegishli asboblar yordamida ishlov beriladi. Yog‘och nam xavo ta’sirida tez ishdan chiqadi. Shuningdek, unga chang, shamol va hasharotlar xam yomon ta’sir ko‘rsatadi. Namiqqan yog‘och quriganidap so‘ng qiyshayadi, yoriladi, uniig yoriqlariga chang to‘planadi. Natijada buyum ifloslanadi va tez buziladi. Bo‘yalgan va loklangan buyumlarning ko‘rinishi chiroyli bo‘ladi, ularni toza saqlash osonlashadi. Bunday buyumlar noqulay sharoitda ham kamroq zararlanadi. Pardozlashning sirtlarni ilvirlab ishlov berish, sirtlarni guldor qilish, kuydirish, ranglar surtish, aklash va bo‘yash kabi turlari bor. Sirtlarni jilvirlab ishlov berish. Sirtlarni pardoz lashdan oldin jilvir bilan ishqalab to‘g‘ri chiziqliligini yaxshilash va tozalash kerak. O‘tkir qirralarni hamda burchaklarini egovlash va shundan keyin jilvir bilan ishlov berish lozim. Jilvir bir tomoniga mayda qattiq minerallar yoki shisha kukuni yelimlab yopishtirilgan ip mato yoki qalin qog‘ozdan iboratdir. Ular o‘z navbatida donlarining yirikligiga karab dag‘al (^1 6, ^1 5, ^1 4), o‘rtacha (^1 3, ^1 2), mayda (^1 1, ^1 0), pardozlash (^1 00, Ld 000) jilvirlariga bo‘linadi. Sirtlarni jilvir bilan pardozlashda maxsus yog‘ochlar bo‘lishi va jilvirni ularga 66- rasmdagi kabi mixlar bilan mahkamlanishi lozim. Kichik yog‘och detallar boshqacha usulda ishlanadi. Jilvirni tekis yuzali taxtaga o‘rnatiladi va ishlov beriladigan detalni ana shu taxtaga qo‘yib turli yo‘nalishlarda ishqalanadi (75-rasm).Buyum detalining sirtiga gullar tushirishni oldin tayyorlab qo‘yilgan o‘yma andaza bilan bajarish eng ma’qul usuldir. Bunda turli bo‘yoqlar buyumning tayyorlab ko‘yilgan namunasiga qarab cho‘tka bilan surtiladi. Gul tushirilgan sirt yaxshi qurigach, unga yaltiraydigan lok surtiladi. Sirtlarni ranglar bilan pardozlash ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Bundagi farq faqatgina shundan iboratki, buyumning sirtiga bir xil rang yupqa qatlam qilib surtiladi. Loklash va bo‘yash. Loklash yog‘och buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo‘lib, bu ish buyumning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan foydalaniladi. Buyumlarni loklash ishlarini quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan xonada, chang va qipiqlardan holi joyda bajarish kerak. Loklar cho‘tka yoki tampon bilan surtiladi. Tampon nam o‘tkazmaydigan bir bo‘lak paxta yoki yupqa ip gazlamaga o‘rab tayyorlanadi. Buyum sirtini tampon bilan loklash usullari 75-rasmda tasvirlangan. Buyumlar sirtini pardozlashda moybo‘yoqlar ham juda keng qo‘llanadi. Ular buyumning sirtida namga chidamli mustahkam, himoyalash xossasiga ega bo‘lgan qatlamni hosil qiladi. Moybo‘yoqning kamchiligi yaxshi yaltiramasligi va sekin (taxminan 24 soatda) qurishidir. Moybo‘yoq bilan bo‘yaladigan buyum sirti avval jilvir bilan ishqalanishi, yaxshi quritilishi va changlardan tozalanishi lozim. Buyumning sirtiga moybo‘yoqni cho‘tkalar bilan xar hil yo‘nalishlarda surtiladi (76-rasm) Yog‘ochga yashlov beriladigan korxonalarda pardozlash ishlari bilan pardozlovchilar shug‘ullanadi. Ular buyumlarni bo‘yash ishlarini mashinalar yordamida amalga oshiradilar. Buyumlarni maxsus quritgichlarda quritadilar. Korxonalarda va badiiy ustaxonalarda yog‘ochni kuydirib pardozlash ishlarini maxsus ishchilar, naqqoshlar bajaradilar.
Pardozlashda xavfsiz ishlash uchun:
1. Loklash, bo‘yash, jilvir bilan ishqalash, kuydirish ishlari amalga oshiriladigan xonalarda oqim-tortgichli shamollatish moslamasi bo‘lishi shart.
2. Pardozlash ishlarini, ayniqsa lok va bo‘yoqlar bilan pardozlashni bajarishda maxsus kiyimlar va qo‘lqoplarni kiyib olish kerak.
3. Moylar tekkan tamponlar va lattalarni ustaxonada qoldirib ketmaslik lozim, chunki ular o‘zidan o‘zi alangalanishi mumkin.
4. Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ularni kiyimlarga, qo‘l va badanning terilariga tegizmaslik lozim.
5. Buyumning sirtini jilolashdan chiqqan qipiqlar va kukunlarni maxsus cho‘tka bilan sidirib tozalash kerak.
6. Ish tamom bo‘lgach, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish zarur.
7. Ish vaqtida qizdirgich ignali dastani maxsus taglikka qo‘yish lozim.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling