Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Elektr montaj ish asboblari va matariallarining nomlarini va vazifalarini aytib bering.
2. Elektr montaj asboblari qanday talablarga javob barishi kerak?
3. Elektr simining shnurdan farqini aytib bering.
4. Bir qancha elektr o‘tkazish simlarini qiyosiy o‘rganib, ularning farqini aytib bering.
5. Elektr viklyuchatal, elektr patron, shtapsal vilkasini o‘rganib chiqing, ular qanday qismlardan tashkil topganligini aytib bering.
6. Nima uchun maishiy elektr qurilmalari asosan plastmassadan tayyorlanadi?
7. O‘tgan mashg‘ulotlardagi kabi mazkur elektromontaj operastiyalarini bajarishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini tushuntiring.
Amaliy mustaqil ishlar:
Elektr qurilmalari tuzilishi bilan tanishish. Ishni bajarish tartibi:
1. 86- rasmni diqqat bilan o‘rganib chiqing va quyidagilarni bajaring:
a) vintlarini bo‘shatib, osma viklyuchatal qopqog‘ini oching;
b) kontakt maxanizmi qurilmasini ko‘rib chiqing, ularning ulanish joylarini o‘rganing;
v) viklyuchatal richagi harakatlanganda kontakt kashagi holati o‘zgarishini kuzating;
g) o‘chirish va yoqish holatini aniqlang;
d) qoqog‘ini yoping va qotirish vintlarini mahkamlang.
2. 88- rasmdan foydalanib quyidagilarni bajaring:
a) elektr patron qopqog‘ini oching va chinni o‘zakni oling;
b) o‘zak tuzilishini o‘rganib chiqing, tayanch va yon tomondagi kontaktlarni, kontakt vintlarini toping;
v) simlarni ulash joylarini toping;
g) patron o‘zagini qopqoqdagi o‘rniga moslab qo‘ying;
d) patron qopqog‘ini burab yoping.
V. Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.
Fan: TEXNOLOGIYA (o‘g‘il bolalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |