Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar) 5-sinf


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.28 Mb.
bet77/83
Sana29.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1400352
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
Bog'liq
5 sinf texnologiya ogilbollar

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
yurish-turishda madaniy me’yorlarga amal qilish. turli yo‘nalishdagi san’at asarlarini tushuna olish va undan zavqlanish;
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish
Dars metodi: Guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”
Darsda jihozi: Аsbоb-uskunа vа mоslаmаlаr, mavzuga oid rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, mehnat qurollari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

c) Darsga tayyorgarlik ko‘rish
d) O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

a) Savol – javob o‘tkazish
b) Topshiriqlarni tekshirish
c) Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Elektr o‘tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr iste’molchilarini qo‘shish maqsadida amalga oshiriladi. Maishiy elektr asboblarining hammasi elektr tarmog‘iga shtepsel rozetkasi orqali ulanadi. Tarmoqlashda tarmoqdagi ikkala simning 30 mm qismidagi izolyastiyasi montaj pichog‘i yordamida olib tashlanadi (a). Biriktiriladigan simlarning uchlaridagi 50 mm izolyastiyasi olib tashlanadi (b). Birikadigan hamma simlarning uchlari yaltiragunicha tozalanadi. Tarmoqlanadigan o‘tkazgichlar bir-biriga perpendikulyar holatda izolyastiya bilan 6 mm oraliqqa qo‘yiladi (c) va o‘ng qo‘l barmoqlari bilan ikkinchi simning ustiga 4—5 marta o‘raladi (e). Simning ortib qolgan uchi o‘tkir jag‘li obmur bilan uzib, yassi jag‘li ombur bilan mahkam siqib qo‘yiladi. O‘tkazgachlar tarmoqlangan joyni elektr kovya bilan kavsharlanadi va izolyastiyalanadi. Izolyastiyalash-rasmda ko‘rsatilgan tartibda bajariladi. O‘tkazgichlar tarmoqlangan joydan 10-15 mm naridan simning izolyastiyasi ustiga ikki marta izolyastiya lentasi o‘raladi. Keyin simlarning tutashgan joyini xam o‘rab qo‘yiladi, simlar tutashgan joyni izolyastiya lentasi bilan ikki-uch marta o‘ralganidan keyingina izolyastiya ishonchli bo‘ladi. Elektrotexnika armaturasi Elektrotexnika ishlarida elektr viklyuchatal, elektr patron, shtepsal vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi. Elektr viklyuchatal asboblarni elektr tarmog‘iga ulash va uzishda qo‘llaniladi. U asos, korpus va siljiydigan va siljimaydigan ikkita kontaktdan tuzilgan. Viklyuchatal kontakti mis yoki latundan tayyorlanadi. Konstruktsiyasiga ko‘ra viklyuchatal davorga, shiftga o‘rnatiladigan, yoki osma turda bo‘lishi mumkin (85 -rasm). Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog‘iga ulashda ishlatiladi. Patronlar shiftga, davorga o‘rnatiladigan yoki osma bo‘lishi mumkin. Shtapsal vilkasi elektr toki ista’molchisini tarmoqqa ulashda ishlatiladi. Hozirda qismlarga ajralmaydigan vilkalar ko‘proq qo‘llaniladi. U ishonchli va xavfsiz ishlashi bilan ajralib turadi.
Sohaga oid kasb-hunarlar to‘g‘risida ma’lumot;
Maktabni muvaffaqiyatli tugallaganingizdan so‘ng kasb-hunar kollejlarida xizmat ko‘rsatish sohalariga oid quyidagu kasblarni egallashingiz mumkin:
– elektrstantsiyalar, elektr jihozlar va elektrqurilmalarini montaj qilish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash taxnik–elektrigi;
– issiqlik elektrostantsiyalarning issiqlik quvvat jihozlari va qozon qurilmalarini montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha taxnik-mexanigi;
– elektron taxnikasi buyumlari montajchisi;
– elektron jihozlarni montaj qilish, sozlash va ta’mirlash taxnigi;
– trasformatorlar ishlab chiqarish taxnik-taxnologi;
– tamir yo‘l elektrotaxnik tizimlaridan taxnik foydalanish elektrmexanigi;
– aviatsiya asboblari va elektr jihozlarini ta’mirlash va o‘rnatish bo‘yicha mexanik.


  1. Download 1.28 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling