Fan: Umumiy pedagogika va psixologiya 101-20 guruh talabasi Qurbonova Zarnigor
Download 1.07 Mb.
|
1 2
Bog'liqQurbonova Zarnigor Umumiy pedagogika va psixologiya seminar
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud.
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok,tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular ortasidagi boglanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yol bilan aks ettirishga aytiladi. Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va tolaroq aks etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin bolmagan narsa yoki hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning boglanish va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz.Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi .Tafakkur til va nutq bilan chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan koʻrish imkoniyatiga ega. Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, biologiya.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarishda odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi. Insonning inson tomonidan idrok kilinishi ham tafakkur bilan uzviy aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, takliflar tafakkurning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab masalalari tafakkurdagi mantiqiy jarayonlarni yanada chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda. Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Odam nutq bo’lmasa, til vositalari bo’lmasa fikr qilolmaydi. YUqorida aytib o’tilganidek, nutq fikrlash qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq til bo’lishi ham mumkin emas. Fanga xilof bo’lgan burjua idealistik ta`limot uchun xarakterli narsa shuki, u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo’yadi. Masalan, psixologlarning Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan - idroklar va tasavvurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil ravishda sodir bo’ladi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko’rsatishga ham urinib ko’rdilar. Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur bo’lishi mumkin, degan idealistik ta`limot butunlay asossiz ta`limotdir. Tafakkur idrok va tasavvurlardan mustaqil sur`atda o’sa olmaydi. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi. Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta`riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi bilan analiz va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi. Til materiallari bo’lmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o’zimiz uchun ifodalay ololmaymiz - biz shu onning o’zida idrok qilib turgan buyumlar to’g`risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytolmaymiz. Biz so’zlar bo’lmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira olmaymiz. Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o’z fikrlarini ayta oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laganlarida, tafakkur natijalarini va o’tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til yordami bilan o’zlashtirib oladilar va ayni vaqtda o’z fikrlarini va bilimlarini avlodlariga topshiradilar. Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan bo’ladigan nutq aloqalarida o’sdi - tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab chiqildi. Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan bo’ladigan nutq aloqalari jarayonida o’sib boradi. Lekin biz tafakkur, nutq va til bir-biriga chambarchas bog`langan deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan bir narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng deyish yaramaydi. Biz ba`zi burjua psixologlarining tafakkur bilan nutq aynan bir narsa, deb da`vo qiluvchi soxta ta`limotini qat`iyan rad qilishimiz lozim. Agar nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganda edi, boshqa birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq, tushunib olingan bo’kur edi. Modomiki, birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq tushunib bo’lmas ekan, binobarin, tafakkur bilan nutqni ham aynan bir narsa deb bo’lmaydi. Shunday ham bo’ladiki, ayni bir fikrning o’zini turli odamlar va ayni bir kishining o’zi turli hollarda, turli so’zlarda, turli iboralarda ifodalaydi. Misol uchun matematikaning quyidagi ta`rifmi ko’rsatish mumkin: plus-plusga ko’shilganida va minus-minusga qo’laytirilganida plus hosil bo’ladi, plus minusga ko’`aytirilganida esa minus hosil bo’ladi. Shu fikrning o’zi boshqa bir iborada ifodalanishi mumkin: bir xildagi alomatlarga ega bo’lgan raqamlar bir-biriga ko’paytirilganda musbat raqam hosil bo’ladi, alomatlari turlicha bo’lgan raqamlar bir-biriga ko’paytirilganida manfiy raqam hosil bo’ladi. Nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganida edi, bunday hodisalarning bo’lishi mumkin bo’lmas edi. Tafakkur bilan nutq o’rtasida farq borligini shu faktdan ham bilish mumkinki, ayni bir fikrni grammatik tuzilishi turlicha bo’lgan turli tillarda (masalan, rus, o’zbek, xitoy va boshqa tillarda) aynan bir ma`no bildiradigan qilib ifodalash mumkin. Agar til bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganida edi, u holda hamma tillarda grammatik tuzilish ham aynan bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak edi, yoki har qaysi millatda shu millat tilining grammatik tuzilishiga muvofiq ravishda, tafakkur shakllarining tuzilishi ham turlicha bo’lishi kerak edi. Har bir xalqda o’ziga xos mantiq bo’lishi lozim edi. Lekin bunday holda, turli millat odamlarining bir-birlarini tushunishlari mumkin bo’lmadi, aynan bir fikrni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish mumkin bo’lmadi. Til bilan tafakkurning bevosita aloqasi faqat tilning tafakkur uchun bo’lgan ahamiyatidagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu bilan birga, tafakkurning til uchun bo’lgan ahamiyatida ham ifodalanadi. Tafakkurning taraqqiyot tarixida tilning roli qanchalik katta bo’lsa, tilning taraqqiyot tarixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika qonunlarini, shakllarini va qoidalarini tuzishda hamda ularning takomillashib borishida tafakkur, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir kishidagi tafakkurning o’zishi shu kishi nutqining o’sishi bilan bab-baravar bo’lganidek, shu kishi nutqining o’sishi ham undagi tafakkurning o’sishiga bog`liq bo’lgan. Grammatika shakllari va qoidalarini o’zlashtirish jarayonining o’zi odamning o’z tafakkurini zo’r berib ishlatishini talab qiladiki, bu hammaga ma`lumdir. SHunday qilib, tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog`langan, bir-birini taqozo qiluvchi va bir-biridan tashqarida voqe boimaydigan va o’sa olmaydigan hodisadir. Nutq va tafakkur bir-biri bilan dialektik birlik asosida bog`langandir. Nutq bilan tafakkurning birligini Pavlovning ikkinchi signal sistemasi to’g`risidagi ta`limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi bilan bir-biriga o’zaro ta`sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling