O`zbek adabiy tili me’yorlari


Download 20.33 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi20.33 Kb.
#1540426
  1   2
Bog'liq
O`zbek adabiy tili me`yorlari. Inoyatova Gulasal


O`zbek adabiy tili me’yorlari.

  • Til va nutq bir-biriga bog’liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash asossizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. Shu asosida nutq tashkil topadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo’lsa, moddiy hodisaligi undagi tovushlardir.

  • Nutq - bu til deb ataluvchi, o’ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayondir. Nutq haraktdagi til bo’lib, nutq a‘zolarining harakati jarayonida paydo bo’ladi va so’z birikmalari, erkin birikmalar, so’z tartibi va gaplardan tashkil topgan.

  • Qo’llangan til birligi to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda, albatta, ma‘lum bir o’lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o’lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me‘yori deb yuritiladi.

Xususiy me‘yorlar quyidagilar:

  • Dialektik me‘yor.

  • So’zlashuv nutqi me‘yori.

  • Argolar, jargonlar me‘yori.

  • Adabiy til me‘yori (adabiy me‘yor).

Me‘yor – tilning yashash shaklidir. Adabiy me‘yor adabiy til bilan birga tuziladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o’z qonun qoidalarini mustahkamlab boradi. Jamiyat a‘zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me‘yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarur.

  • Me‘yor – tilning yashash shaklidir. Adabiy me‘yor adabiy til bilan birga tuziladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o’z qonun qoidalarini mustahkamlab boradi. Jamiyat a‘zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me‘yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarur.

O’zbek adabiy tili me‘yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi:
1.Leksik-semantik me‘yorlar. 2.Talaffuz (arfoepik) me‘yor. 3.Yozuv (arfografik) me‘yor. 4.Fonetik me‘yor. 5.Aksentologik (urg’uni to’g’ri qo’yish) me‘yori. 6.Grammatik (morfologik, sintaktik) me‘yor. 7.So’z yasash me‘yorlari. 8.Imloviy me‘yor. 9.Uslubiy me‘yor. 10.Punktuatsion me‘yor.
Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgan holda mustaqil shug’ullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni O’qishi, radio va televideniyani tinglashi orqali erishadi va tinimsiz shug’ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega bo’ladi. Insonning nutqiy faoliyati uch ko’rinishda bo’ladi. Bular: so’zlash, o’qish, eshitish.Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan nutqiy qurol – yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi.
1.
Fonetik me`yorlar.Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi.

2.
Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar.
So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi. Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy me`yor o`z aksini topadi. So`zning ma`nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so`zlarni qo`llash, paronimlarning ma`nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to`g’ridan-to`g’ri kalka-tarjima qilish me`yor hisoblanmaydi.
Masalan: bo`lsa o`rnida bo`sa so`zini ishlatish, yorug’ o`rnida yoruq so`zidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari.
3.
Talaffuz me`yorlari (orfoepik).
Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so`zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to`g’ri aytilishi Maskva) so`zlarni o`zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo`l-jo`l) talaffuz me`yorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.

4. Aksentologik (urg’uning to`g’riligi) me`yorlar.
Bunda so`z va gaplarda urg’uni to`g’ri qo`llash me`yori tushuniladi. Urg’uni to`g’ri ishlatmaslik so`z ma`nosiga ta`sir qiladi: olma-meva, olma-buyruq fe`li.


Download 20.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling