Fan va innovatsiya vazirligi
Beshiktervatarlar ko’payishi asosiy turlari tabiatdagi ahamiyati
Download 93.67 Kb.
|
beshiktervatar
2 .Beshiktervatarlar ko’payishi asosiy turlari tabiatdagi ahamiyati
Beshiktervatar hasharotlar olamining eng ajoyiblaridan biridir. Odamlar uni ba’zan “sohibkaromat” yoki “qotili xachir” deb atashadi. Keyingi nomi xurofiy ahamiyatga ega, go’yo uning so’lagi xachirni zaharlar emish. Beshiktervatar ingichka tanali uzun hasharot; u harakatsiz turgan paytda katta old oyoqlari ibodat qilayotgandek ko’tarilgan va bukilgan holda turadi. Afsuski beshiktervatar ayni chog’da ibodat qilmayotgan ovga chiqqan bo’ladi. Beshiktervatar, haqiqatan ham qonxo’r hasharotlardan biri va shu bois uni zolim va qotil, deb atashgan bo’lsa kerak. Beshiktervatar boshqa hasharotlarni yeb kun ko’radi. Ovga chiqqan payti qopqonga o’xshagan old oyoqlarini yonidan o’tayotgan har qanday hasharotni tutib olishga shaylab, harakatsiz turadi. Beshiktervatar aynan old oyoqlarini yuqoriga ko’tarib, hujumga shay holda turadi. O’ljasini tutishda unga old oyoqlarining ichki tomonida joylash gan o’tkir kertiklari yordam beradi. Beshiktervatar to’rtta orqa oyoqlari bilan harakatlanadi yoki u joydan bu joyga uchib o’tadi. Aytgancha, beshiktervatar hasharotlar orasida boshini ortiga bura oladigan va orqasiga ham nazar sola oladigan yakkayu yagona jonivordir. Go’ng’illab turgan pashshani ko’rgan beshiktervatar old oyoqlari bilan sakrab tutib oladi va o’ljasini asta-sekin yeya boshlaydi. Beshiktervatarlar oilasiga 800 ga yaqin tur birlashgan. Bu hasharotlarning uzunligi 5 santimetrga yetadi, qanotlari pushti va yashildir. Zararkunandalarda ham boshqa umurtqasiz hayvonlardagi singari ichki skelet bo’lmaydi, ularda skelet vazifasini qattiq, qalin va elastik xususiyatga ega bo’lgan teri bajaradi. Ularning terisi ichki organlarni himoya qiladi va ularga muskullar birikkan bo’ladi. Hasharotlar terisining elastiklik xususiyati uning harakatlanishiga yordam beradi. Hasharotlar tanasi uch qismdan: bosh, ko’krak va qorin qismdan iborat. Bosh qismda bir juft mo’ylov va murakkab ko’z, ba‘zilarida esa ikki-uch juft oddiy ko’z va og’iz joylashgan bo’ladi. Turli hasharotlarda og’iz tuzilishi har xil bo’lib, quyidagilarga: kemiruvchi, sanchib-so’ruvchi, so’ruvchi, yalovchi, sanchib-yalovchiga bo’linadi. Qo’ng’iz, chigirtka, chumoli va boshqa hasharotlarning og’iz tuzilishi kemiruvchi tipda bo’lib, ular qattiq tishsimon jag’lari bilan o’simlikning barg va poyalarini, yirtqich hasharotlar esa o’z o’ljalarini osongina tishlab oladilar. Gul nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda og’iz tuzilishi naysimon uzun bo’lib, u oziq moddalarni so’rib olishga moslashgan. Qandala va chivinlar og’zi sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. U og’zini dastlab o’simlik to’qimasi yoki odam terisiga sanchib naysimon kanal orqali so’lak ajratadi, keyin undagi shira yoki qonni so’radi. Ba‘zi kapalaklarning, ikki qanotlilar vakillarini og’iz apparati butunlay rivojlanmagan bo’ladi va ular lichinkalik davrida yig’ilgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Zararkunandalarning oyoqlari yuguruvchi, sakrovchi, suzuvchi, tutuvchi, yopishuvchi, yig’uvchi va qazuvchi tuzilishga ega. Hasharot oyoqlarining bunday xilma-xil bo’lishi yashash sharoiti va hayot kechirishga bog’liq. Masalan, tez harakat qiluvchi hasharotlarning oyoqlari uzun va yuguruvchi tipda bo’ladi, bu esa ularga tez yurishiga yordam beradi. Chigirtkaning oyoqlari sakrovchi, uzun va yo’g’onlashgan bo’ladi. Tuproqda yashovchi turlarda esa oyoqlar qazuvchi tipda tuzilgan. Ko’pchilik hasharotlarda bir juft qanot bo’lib, o’rta va ketingi ko’krakka joylashadi. Ikki kanotlilarda esa qanot bir juft bo’lib, bular o’rta ko’krakka joylashadi. Tuban hasharotlar kenja sinfiga kiruvchi hasharotlarda esa qanot mutlaqo bo’lmaydi. Hasharotlarning qorin qismi 11-12 ta sigmentdan iborat, ko’pchilik hasharotlarda bu sigmentlar bir-biri bilan harakatchan, ba‘zi turlarda esa harakatsiz tarzda birikkan bo’lishi mumkin. Qorin ham xar xil turlarda turlicha shaklda, tuzilishiga ko’ra keng qorin, osilgan qorin, doyasimon qorin kabi xillari bo’ladi. Qorin segmentlarining yon tomonida 7 yoki 8 juft maxsus nafas teshiklari joylashgan bo’lib, undan havo maxsus kanalcha (traxeya)lar orqali hasharot tanasining, ichki qismlariga o’tadi va organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan. SO2 ni tashqariga chiqarib yuboradi. Qorinning oxirgi (8-9) segmentlarida jinsiy yoki himoya funktsiyasini bajaradigan maxsus organlar hosil bo’ladi. Masalan, arilar gonapofiz nayza hosil qilib, himoya funktsiyasini bajaradi. Boshqa ko’pchilik turlarda gonapofiz erkagining tashki jinsiy qo’shilish organini, urg’ochilarida esa tuxum qo’ygich vazifasini bajaradi. Zararkunandalar o’z tuxumlarini tuproqqa, o’simlik barglariga, poyalarga,hayvon tanalariga va boshqa joylarga qo’yadi. Zararkunandalar tanasining nomiga mos tanasining oldingi qismida bir juft-ikkita qanoti bor, ba‘zilarida esa qanotlar bo’lmasligi ham mumkin. Ikki qanotlilarning boshi juda harakatchan bo’ladi. Ko’kragining o’rta qismi oldingi va orqa qismiga nisbatan rivojlangandir. Bosh qismida joylashgan mo’ylovlari ba‘zi turlarida ko’p bo’g’ini bo’ladi. Qorin qismi 8-10 segmentlidir. Qanotlarida asosan uzunasiga ketgan tomirlar bo’lib, qanotlar pardasimon tuzilishga ega. Qanotlarni harakatga keltiruvchi muskullar rivojlangan. Qanotlar bir sekundda 300 dan 600 martaga qadar harakat qila oladi. Ikki qanotlilar turkumining vakillari har xil muhitda yashaganligi uchun ular tuxumlarini har xil joylarga qo’yadilar. Ba‘zi turlari suvda, ba‘zilari tuproqda, ba‘zi turlari esa, hayvonlarning tanasiga tuxum yoki lichinka qo’yadi. Ko’pgina turlarining tuxumlari oq rangda bo’ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar oyoqsiz, ba‘zi turlarining lichinkasi hatto boshsiz bo’lib, ularda og’iz vazifasini ilmoqsimon tuzilmalar boshqaradi. Bu turkumning ko’p vakillari juda tez ko’payib, bir yilda 3-4 hatto 10 dan ortiq avlod beradi. Hasharotlarning ko’pchilik turlari, hasharotlar sinfining ikki qanotlilar turkumiga kiradi. Hasharotlar ustida olimlarning uzoq yillar davomida olib borgan kuzatishlariga qaraganda, hasharotlar yer yuzida keng tarqalgan, lekin tabiiy sharoit ularning tuzilishi va katta kichikligiga o’z ta‘sirini ko’rsatgan. Masalan, sovuq iqlim sharoitidagi, ba‘zi hasharotlarning kattaligi 0.25-0.7 mm, issiq iqlimda yashovchi hasharotlarniki esa 25-30 sm atrofida bo’ladi. Hasharotlar tanasining tashqi tomoni, qattiq xitin qoplamidan, ya‘ni mexanik va ximiyaviy xususiyatiga ega bo’lgan tarkibdan iborat. Zararkunandalarni og’iz qismlari oziqlanish usullariga munosib tuzilgan. Umuman olganda hasharotlarning deyarli ko’pchiligida og’iz apparatining tuzilishi yalovchi, sanchib so’ruvchi, sanchib yalovchi tipda tuzilgandir. Bularga bosh qismida joylashgan mo’ylovlari ba‘zi turlarida 3 bo’g’umli bo’lsa, boshqalarida ko’p bo’g’umli bo’ladi. Zararkunandalarning ko’rish organlari oddiy va murakkab fasetkali bo’ladi. Murakkab ko’zlar o’z navbatida bir necha o’n, yuz va hatto mingta ko’zchalaridan iborat bo’ladi. Masalan, respublikamizda keng tarqalgan qora pashshada har biri 2000 mayda ko’zchalardagi tashkil topgan 2 ta ko’z bo’ladi. Hasharotlarning ko’kragi 3 sigmentdan iborat. Har qaysi sigmentning qorin tomonida bir juftdan oyoq, o’rta va keyingi segmentlarning ust tomonida bir juftdan qanotlar joylashgan. Hasharotlarning hayot kechirish tarziga ko’ra ularning oyoqlari yugurishga, sakrashga, suzishga, kovlashga va boshqa shunga o’xshash vazifalarni bajarishga moslashgan bo’ladi. Ko’pchilik hasharot turlarining qanotlari bir yoki ikki juftdan iborat bo’ladi. Zararkunandalar tuxum qo’yish yo’li bilan ko’payadi. Tuxumdan chiqqan lichinka ma‘lum yoshlarni o’tab voyaga yetadi (imago) va uchadigan hasharotga aylanadi. Hamma zararkunandalarning tana tuzilishi bir xil bo’lsa ham, tashqi ko’rinishi xilma-xildir. Ammo ularning tana tuzilish va rivojlanishi chuqurroq o’rganilsa, bir-biriga o’xshashligini payqash qiyin emas. Hasharotlar tarqalgan iqlim sharoitlari xam xilma-xildir. Ularni ekinzorda, cho’l va dashtlarda, tog’li joylar, o’rmonlar, daryolar, ko’l suvlarida va boshqa joylarda uchratish mumkin. SHuningdek, hasharotlarning zarar keltirishi ham qadimdan ma‘lum. Ikki qanotli hasharotlarning ko’pgina turlari odam va hayvonlarda parazitlik qilib turli xildagi invazion va infaktsion kasalliklarni tarqatadi. Shuni eslatib o’tish lozimki, ba‘zi hasharotlarda (bitlar, burgalar va boshqalarda) yashash muhiti sharoitning o’zgarishiga ko’ra qanotlar soni qisqargan yoki butunlar reduktsiyalanib ketgan bo’ladi. Sochxo’rlar, parxo’rlar, bitlar va burgalar turkumiga kiruvchilarning deyarli hammasi parazitlik qilib hayot kechiradi. Bundan tashqari yarim qattiq qanotlilarning vakillari, qandalalarning qariyib 100 ga yaqin turi sut emizuvchilar, qushlar va odamlarning tashqi parazitlari hisoblanadi. Muskul sistemasi. Hasharotlarda asosan ko’ndalang-targ’il muskul bo’ladi. Bularning soni 200 ga yaqin. Muskullar ko’pincha teri skeletiga birikadi va hasharotlar tanasi bo’g’imlarini tashkil etishi mumkin. Bu muskullar bo’g’imlarda turli harakatlarni bajaradi. Ko’krak qismida joylashgan muskullar, ayniqsa kuchli rivojlangan. CHunki bu muskullar ko’krak qismidan chiqqan qanot va oyoqlarni harakatga keltiradi. Shuning uchun ham ba‘zi hasharot turlari uzoq-uzoq masofalarga ucha oladi. Ba‘zi yirik ninachilar 96 km.ga qadar, xasva yoki cho’l chigirtkalari esa bir necha ming km.ga qadar uchadi. Ovqat hazm qilish sistemasi. Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, xalqum, qizilo’ngach (ko’pchilik hasharotlarda qizilo’ngach kengayib, jig’ildonni hosil qiladi), jig’ildondan keyin muskulli oshqozon so’ngra haqiqiy, ingichka ichak, yo’g’on ichak va to’g’ri ichak keladi. To’g’ri ichak anal teshigi bilan tugaydi. O’simliklar bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanali, hayvonot maxsulotlari bilan oziqlanuvchi hasharotlarning ovqat hazm qilish kanaliga nisbatan 5-10 marta uzun bo’ladi. Og’izda so’lak bilan xo’llangan ovqat xalqum orqali qizilo’ngachga o’tadi. Kapalak, suvarak va pashshalarning qizilo’ngachi kengayib, jig’ildonga aylanadi. Ovqat jig’ildonda bir oz ushlanib, muskulli oshqozonga yoki o’rta ichakka o’tadi. Muskulli oshqozonda ovqat mexanik ta‘sirda uchraydi. O’rta ichakda esa turli fermentlar ta‘sirida oziq moddasining parchalanish protsessi yuz berib, xazm bo’lgan oziq, shu qismda so’riladi. O’rta ichak bilan yo’g’on ichak oralig’ida malpigi kanalchalari bo’lib, hazm protsessida hosil bo’lgan zaharli keraksiz moddalar shu yerda so’riladi, hazm bo’lmagan ovqat esa to’g’ri ichakka o’tib, unda ekskrement hosil bo’ladi. Ovqatning hazm bo’lishi har xil hasharotlarga turlicha bo’ladi. Kemiruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqat jag’lar yordamida maydalanib, muskulli oshqozonda so’lak bilan ho’llanadi. Sanchib-so’ruvchi og’iz apparatiga ega bo’lgan hasharotlarda ovqatning hazm bo’lishi o’simlik to’qimasida boshlanadi, chunki bunda hasharot avval so’lak fermentlarini yuboradi. Hamma hasharotlarda ham ovqatning hazm bo’lishi fermentlar ta‘sirida boradi. Lekin xar xil turlarda yoki bir tur hasharotning turli stadiyasida fermentlar bir xil bo’lmaydi. Masalan, kapalak qurtida oqsillarni parchalovchi proteolitik va yog’larni parchalovchi lipaza fermentlari bo’lsa, gullar nektari bilan oziqlanuvchi kapalaklarda faqat invertaza uchraydi. Hasharot ichaklarda turli fermentlarning bo’lishi ular ozig’ining xiliga bog’liq. Ayirish organlari. Tirik organizmda moddalar almashinuvi protsessida gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi organizm uchun zaharli hisoblangan moddalar hosil bo’ladi. Hasharot organizmida hosil bo’lgan bunday moddalar maxsus ayirish organlari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Gazsimon moddalar nafas olish organlari, hazm bo’lmagan oziq moddalar esa ichak yo’llari orqali chiqariladi. Hasharotlarda asosiy ayirish organi malpigi kanallari hisoblanib, u 100 dan ortiq uchi berk kanalchalardan iborat. Kanalchalarning bir uchi ichak ichak bilan tutashgan bo’lsa, ikkinchi uchi esa tana bo’shlig’ida hasharot qoni bilan yuvilib turadi. Qon tarkibidagi siydik kislota, kaltsiy, ammoniy, natriy va kaliy tuzlari kanalchalar devori orqali malpigi kanaliga o’tadi, undan ichaklar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq bo’ladi. Tananing yelka tomoniga joylashgan ko’plab maxsus tomirlar qonni harakatga keltiradi. U bir qancha kameralardan iborat bo’lib, yurak vazifasini bajaradi. Bu kameralar bo’shashganda qon so’riladi, qisqarganda esa qon tomirlar bo’ylab bir qancha kameralar orqali orqadan oldinga tomon harakat qiladi va tana bo’shlig’iga qo’yiladi. Hasharotlar yuragining qisqarib bo’shashishi bir minutda 30-140 marta atrofida bo’ladi. Hasharotlar qonini gemolimfa deyilib, u tanadagi butun organ va to’qimalarni oziq moddalar, hamda kislorod bilan ta‘minlaydi, moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan keraksiz moddalar ayirish organlari orqali chiqarib yuboradi. Qon maxsus organlar ishlab chiqargan garmonlarni ham butun tanaga tarqatadi. Ba‘zi tur hasharotlar biror xavf sodir bo’lganda maxsus teshikchalar orqali qonni sachratib, o’zini himoya qiladi. Nafas olish organlari. Hasharotlarda nafas olish protsessi ularning butun tanasi bo’ylab tarmoqlangan traxeya va traxeolalarida o’tadi. Traxeya naysimon tuzilishga ega bo’lib, ichki devori kutikuladan iborat. Hasharotlarning traxeyasi tana yuzasining ichki yon tomonida joylashgan tomirlardan boshlanadi. Nafas teshiklarining 2 jufti ko’krakda, 7-8 jufti esa qorin qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida bo’ladi. Nafas teshigining ichki qismida maxsus yopgich apparati bo’lib, uning yordamida nafas teshigi yopilishi mumkin. Maxsus yopgich apparati havoning traxeyaga o’tishi va organizmdagi suvning bug’lanishini boshqaradi. Download 93.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling