Fan va innovatsiya vazirligi


I. S. Baxning organ ijodi


Download 240.25 Kb.
bet7/13
Sana27.10.2023
Hajmi240.25 Kb.
#1727390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
19 абдукодирова бахДокумент Microsoft Word

2.2. I. S. Baxning organ ijodi.

Baxning klavir asarlarining hech biri uning san'atining mohiyatini "Yaxshi temperamentli klaver" kabi miqyosda va chuqurlikda aks ettirmaydi. "Uni o'ziga jalb qiladigan narsa - bu alohida o'yinlarning shakli va tuzilishi emas, balki unda aks ettirilgan dunyoqarashi. Bu musiqa ... o'rgatadi va tasalli beradi. Unda quvonch, qayg'u, yig'lash, shikoyatlar, kulgi bor, lekin bularning barchasi bizni behuda dunyodan tinchlik olamiga olib boradigan tarzda tovushga aylanadi ..." A. Shvaytser


Klavesin cholg’u sozi Baxning eng sevimli cholg’u sozlaridan biri bo’lib, u butun hayoti davomida shu soz uchun asarlar yozgan. O’zi o’sha davrning eng mohir klavesin ijrochilaridan biri edi.
Klavesin sozi XVI-XVIII asrlarda nihoyatda keng tarqalgan bo’lib, zamonaviy fortepianoning ajdodi edi. Bu klavishli torli chertma soz bo’lib, klavish bosilganda parranda patidan yasalgan plektr kerakli torni chertar va shu orqali tovush chiqar edi. Tovush yangroq, ammo tez so’nar va unda kuychanlik etishmas edi. Klavesinda forte yoki piano chalish ham qiyin edi. Shuning uchun XVIII asr o’rtalarida fortepiano sozi kashf etilgach, klavesinga e’tibor susaydi.
Hozirgi kunda Baxning hamma klavesin asarlari fortepianoda ijro etiladi. Kompozitorning bu soz uchun yozgan asosiy asarlari ijodining ikkinchi davriga, ya’ni Kyoten davriga to’g’ri keladi. Ularda Bax klavesinning eng yaxshi xususiyatlarini namoyish qildi. Bu asarlarni ijro etish uchun katta texnika va ijrochilik mahorati kerak. Ko’pchilik asarlarni kompozitor pedagogik maqsadlarda yozgan. Uning o’g’illari va boshqa o’quvchilari shu asarlarni chalib klavesinda ijro etishni o’rganganlar. Misol tariqasida "Kichik prelyudiya va fugalar", "Ikki va uch ovozli inventsiyalar", "Ingliz syuitalari", "Frantsuz syuitalari" kabi asarlarni keltirish mumkin. Bu asarlar hozirgi kunda ham musiqa maktablari va san’at kollejlari o’quv dasturlaridan joy olgan.
Boshqa klavesin asarlari "Italyancha kontsert", "Yaxshi sozlangan klavesin", "Fuga san’ati", "Xromatik fantaziya va fuga" kabilar ancha murakkab bo’lib, ular yuksak darajadagi badiiy asarlardir. Bax klavesin asarlarining bahzilariga izoh beramiz.

Download 240.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling