Fan va innovatsiya vazirligi
Download 240.25 Kb.
|
19 абдукодирова бахДокумент Microsoft Word
Italyancha kontsert.
Kontsert janr sifatida birinchi marta Italiyada paydo bo’ldi. U erda XVII asrda skripka ijrochiligi nihoyatda rivojlangan bo’lib, yakka skripka ijrosi uchun uch qismli kontsertlar yozilar edi. Bax ana shu kontsertlarga taqlid qilib klavesin uchun kontsert yozdi. Unga "Italyancha" deb nom berdi. Kontsertning bunday deb atalishiga boshqa asos ham bor. Bax kontsertni yaratishda Italyan skripka san’ati ustalari A.Vivaldi, A.Korelli, D.Tartinilarning ijodiy uslublariga ham taqlid qilgan. "Italyancha kontsert" fa major tonalligida yozilgan bo’lib, uch qismdan iborat. Uning birinchi va uchinchi qismlari tez sur’atda, o’rta qismi esa sekin sur’atda yozilgan. Shuning uchun qismlar musiqasi xarakteri jihatidan bir-biridan farq qiladi. Birinchi qism Allegro. Musiqa nihoyatda yorqin, engil, sho’x, quvnoq xarakterda Kompozitor musiqa bezaklari bo’lgan trel va mordentlarni juda ustalik bilan ishlatgan. Ikkinchi qism Andante. Musiqa g’amgin, lirik kayfiyatda. Uni eshitganda kech kuz paytidagi tabiat manzaralari kishining ko’z o’ngida gavdalanadi. Uchinchi qism Presto. Juda tez sur’atda ijro etiladigan musiqa. Shod–hurramlik, tantanali kayfiyat sezilib turadi. Italyancha kontsert Bax klavesin ijodining eng ajoyib namunasidir. Kontsertning uchchala qismi ham gomofoniya uslubida yozilgan. Ko’p ovozli uslubga xos bo’lgan xususiyatlar deyarli uchramaydi. Organ klavishli damli cholg’u sozi bo’lib, qadimgi Misr, Greciya va Rimda keng tarqalgan edi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida VII asrda paydo bo’lgan. Avval boshida organ cherkovda ibodat paytida kuylayotganlarga jo’r bo’lardi. Asta-sekin yakka tarzda ijro etadigan sozga aylandi. Uni "cholg’u sozlari qiroli" deb atashgan. Organning tuzilishi doimiy ravishda murakkablashib kelgan. Hozirgi kunda birinchi o’rinda kontsertlarda yakka tartibda chaladigan soz sifatida qo’llanmoqda. Zamonaviy organ bir necha mingdan ortiq turli o’lchamdagi yog’och va metall trubalar, havo xaydovchi mexanizm va boshqarish apparatidan iborat. Organda beshtagacha klaviatura bo’lishi mumkin. Pedallar ham ko’p bo’lib, ular ham klaviatura tartibida joylashtirilgan. Shuning uchun oyoqlar ham ijroda muhim rol o’ynaydi. Klavishlar bosilganda kerakli trubalardagi havo harakatga kelib tovushlar hosil bo’ladi. Maxsus richaglarning holati o’zgartirilganda organ tovushi orkestrdagi turli cholg’u sozlarining ovoziga o’xshab chiqishi mumkin. Shuning uchun organda ijro etish katta mahorat talab qiladi. Organ Baxning sevimli cholg’u sozi bo’lgan. O’zi ajoyib, mohir organ ijrochisi bo’lgani uchun bu soz uchun juda ko’p asarlar yozdi. Misol tariqasida xoral prelyudiyalarini, xorallar, fantaziyalar, prelyudiyalar, tokkatalar va fugalarni keltirish mumkin. Organ uchun asarlarni kompozitor butun ijodiy yo’li davomida yozgan, lekin yetuk asarlari Veymar davrida yaratilgan. Lya minor tonalligida yozilgan prelyudiya va fuga, sol minor tonalligida yozilgan fantaziya va fuga, re minor dagi mashhur tokkata va fuga kabi asarlar bu fikrni isbotlaydi. Download 240.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling