Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti
EKOLOGIYAGA OID MATNLAR VA TEMINLARDAN FOYDALANISH
Download 61.09 Kb.
|
Ro\'ziyeva H...
2. EKOLOGIYAGA OID MATNLAR VA TEMINLARDAN FOYDALANISH.
Ekologiya - tirik mavjudotlarning bir-biri bilan va ularni o'rab turgan tabiat bilan aloqasi, o'ta organizm tizimlarining tuzilishi va faoliyati haqidagi fan. "Ekologiya" atamasi 1866-yilda nemis evolyutsionisti Ernst Gekkel tomonidan kiritilgan. E.Gekkel ekologiya mavjudlik uchun kurashning turli shakllarini o'rganishi kerak, deb hisoblagan. Oʻzining birlamchi maʼnosida ekologiya organizmlarning atrof-muhit bilan munosabatlari haqidagi fandir (yunoncha “oikos” — turar joy, turar joy, boshpana). Ekologiya hususiyatiga ko‘ra kompleks bilim lar majmuidan iborat. U o‘zida organik va noorganik olamning ichki o‘zgarishi, o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari ularning ekologiyasi genetika, evolyutsion taraqqiyot tarixi va tarixiy taraqqiyotni mujassamlashtiradi. Shu nuqtai nazardan ekologiya morfologiya, fiziologiya, sistematika, poliontologiya, yer, suv, atmosfera haqidagi fanlarni o‘zida birlashtiradi. Alohida olinganda bu fanlarning xar biri tirik va o‘lik tabiatning ma‘lum bir xususiy qismini o‘rganadi. Ammo ularning hech biri tabiatning umumiy qonuniyatlari uning yemirilishi, taraqqiy topishi o‘ziga xos va shu vaqtning o‘zida bir butunligini alohida olingan holda tushuntirshga qodir deyish qiyin. Mazkur fanlarning har birini alohida olingan holda tekshirish obyektlarini tahlil qilib ko‘raylik. Morfologiya va sistematikada organizmlarning aniq evolyutsion tavsifi berilgan va o‘zining aniq mazmuniga ega. Morfologiya va fiziologiya m a‘lum otlarga tayangan holda olingan ma‘lumotlarga asoslanadi. Yer kurrasining o‘lik qismi haqidagi fanlar tuproqshunoslik, gidrologiya, geologiya, gidrosfera uning tirik qismi haqidagi ma‘lumotlarga tayangan va u bilan uzviy bog‘liq holda ish ko‘radi. Evolyutsion ta‘limot tarixi esa chog‘ishtirma morfologiya va poliontologiya hamda barcha tirik mavjudotlarning tuzilishi, tarqalishi va rivoj topishi haqidagi fanlarga tayangan holda ish ko‘radi. Shunday ekan, ekologiya qisqa qilib aytganda, kompleks fanlar majmuidan iborat bo‘lib, yuqorida ta‘kidlangan fanlar esa uning asosiy yo‘nalishlaridan iborat desak xato qilmaymiz.Ekologiya o'zi nima? Bu atama ostida eski, barchaga ma'lum bo'lgan bilimga yangi ma‘no berish ishtiyoqi yotmaydimi? Yoki bu tabiatshunoslikning xaqiqatdan ham yangi, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelgan fanlar majmuini va tabiatshunoslik bilimining barcha yo'nalishlarini o'zida jamul jam qilgan holda birlashtiradimi? Bizning nuqtai nazarimizcha, ekologiya qanchalik ilmiy bo‘lsa, u shunchalik tabiatshunos olimning nuqtai nazari, dunyoqarashi hamdir. Bu tabiat to'g'risidagi, tabiatning turli-tumanligi, uning koinotning boshqa qismlari bilan uzviy bog‘liq lig i, tirik tabiat hususan, m ikro va makroorganizmlar, o‘smliklar va hayvonot olami, odam, uning kelib chiqishi, evolyutsiyasi, geografik tarqalishi, tirik organizmlar populyatsiyalarini ko‘payishi, zamon va makonda struktura tuzilishining o‘zgarish qonuniyatlari, irsiyat va o'zgaruvchanlik qonuniyatlari, uning genetik sistemasi, individlar o'rtasida mavjud turli-tumanlikning mazmuni va ahamiyati, yashash uchun kurash jarayonida tabiiy tanlanish va hokazolarning koinot tarkibida yagona tiriklik mavjud yer kurrasida biologik jarayonlarning, atmosfera havosi, suv, tuproqning tegishli ta'siri va tirik organizmlarning koinotning o‘lik qismiga ta'sirini kompleks holda o'rganiladigan fandir. Ekologiya hozirgi kunda fizika, kimyo, geologiya, astronomiya va shunga o‘hshash bilimlar natijalaridan va ularning uslublaridan foydalanadi. Bu fanlar tabiatda sodir bo'ladigan aniq va muhim hayotiy jarayonlar mexanizmini va jarayonlarni o'rganish uchun zarur. Ayniqsa, fizika, kimyo va matematika fanlaming ulushi koinotda va xusuchan, yer kurrasida sodir bo'lgan, bo'layotgan va bo'ladigan jarayonlarni o'rganish va oldindan tegishli xulosaga kelish uchun juda ulkan ahamiyat kasb etadi.Ekologiya, har qanday fan singari, o'ziga xos ob'ekti, predmeti, vazifalari va usullarining mavjudligi bilan tavsiflanadi (ob'ekt - bu fan tomonidan o'rganiladigan atrofdagi dunyoning bir qismi; fan predmeti - uning eng muhim muhim jihatlari ob'ekt) 2. _______________________________________________________________ 2.Ekologiya va atrof-muhiti muhofaza qilish asoslari.P.Sultonov Ular magmatik (granit, tüf, bazalt), cho'kindi (ohaktosh, ko'mir)boshqalar. Caterpillar - Lepidoptera ning qurtsimon lichinkasi, tuxumdan rivojlanadi. Download 61.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling