Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


EKOLOGIK MATNLARNI TARJIMA QILISH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR


Download 61,09 Kb.
bet7/8
Sana18.02.2023
Hajmi61,09 Kb.
#1213629
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ro\'ziyeva H...

5. EKOLOGIK MATNLARNI TARJIMA QILISH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN QIYINCHILIKLAR
Tarjima jarayoni juda mushkul va mashaqqatli jarayolardan biri hisoblanadi.Shuningdek tarjima ham o’z navbatida turli xildagi turlarga va sohalarga bo’linadiTarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima kdd. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan.
Zamonlar osha tarjimaga boʻlgan talablar yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish sanʼati ekanligi oʻzgarmaydi. Tarjimaning koʻlami va taraqqiyoti har bir xalqning maʼrifiy darajasiga bogʻliq va, oʻz navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali taʼsir etadi. "Tarjima" termini bir tildan ikkinchi tilga oʻgirish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi. Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktiga aylanadi. Adabiy asar tili — aloxida "badiiy voqelik" unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, Tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi Tarjima nusxa koʻchirish emas; tarjimonning estetik ehtiyoji uning ixtiyoridan tashqari, Tarjimada iz qoldiradi. Yozuvchi hayot voqealaridan olgan mushohadalarini tilda badiiy ifodalasa, tarjimon asl matnini yangi til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqelikning muallif darajasida puxta bilishi kerak. Har bir xalq adabiyotining rivojlanishida Tarjimachilikning taʼsiri katta boʻladi, zero tarjima tarixi adabiyot tarixi bilan tengdosh. Oʻzbek adabiyotida ham Tarjimachilik qadimdan rivojlangan. Mahmud Koshgʻariy, Rabgʻuziy, Qutb, Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy va boshqa ijodida tarjima katta oʻrin egallaydi. Tarjimonning butun o‘y-xayoli bilish va qidirishda bo‘ladi. Asosiy maqsadi esa, madaniyat fenomenlarini yaqinlashtirish, tarjima tili vositasida tushunarli qilishdan iborat.
Lekin umumiy qonuniyatlar, jarayonlar, texnologiyalarni bilishning o‘zi hali yetarli emas. Bular boshlan­g‘ich zamin hosil qiladi. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu dengizga sho‘ng‘ish uchun tayyorlangan joy. Hali oldinda dengizga sho‘ng‘ish, po‘rtanalar bag‘riga kirish, turli xatarlarni yengib o‘tish, stixiyaning tabiiy qarshiligiga bas kelish kabilar turadi.
Qoidalar, qonuniyatlar jumlani shirali, matnni yaxlit jozibali, fusunkor qilishni o‘rgatmaydi, bular ilmning vazifasi emas. Jumla, matnning yaxlit poeziyasi, go‘zalligini faqat talant iqtidori yaratadi.Tarjimon turli sohalarga oid matnlarni , ma’lumotlarni tarjima qilish jarayonida turlicha qiyinchiliklarga duch keladi. Tarjima to’liq va tushunarli bo’lishi uchun tarjimon shu sohaga oid yetarlicha bilimga ega bo’lishi kerak.Masalan ekologik sohaga oid matn va ma’lumotlarni tarjima qilish uchun ham shu sohaga tegishli bo’lgan terminnlarni,atamalarni,manbalarni bilishi va bular haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi kerak.SHuningdek ekologik sohaga oid terminlar ma’nosini yetarlicha ochib bermasa u o’quvchi uchun tushunarsiz bo’ladi.Masalan ekologikaga tegishli bo’lgan ‘ildiz’ so’zini oladigan bo’lsak uni matda tarjima qilish jarayonida ildiz nimaligi haqida malumot berib o’tish kerak.


Xulosa
Ekologik matnlarning tarjimasi (ekologik tarjima) — mazmuni bevosita inson salomatligi va uni o’rab turgan butun borliq bilan bogʻliq boʻlgan ixtisoslashtirilgan ekalogik nashrlar va xususiy xarakterdagi matnlarning bir tildan boshqasiga tarjimasi, mazmuni inson salomatligi bilan bevosita bogʻliq. Ushbu toifadagi ixtisoslashtirilgan tarjimalarning alohida oʻrni tarjima qilinayotgan har qanday maʼlumotlarning muhimligi, tarjimaning toʻgʻriligiga qoʻyiladigan talablarning ortishi va shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini hurmat qilish, shuningdek, foydalaniladigan terminologiyaning aniq nomalumligi bilan belgilanadi.
"Ekologik" til  nafaqat ajralmas qism, balki asosiy tilning kengaytirilgan modifikatsiyasi boʻlganligi sababli, bunday matnlarning tarjimalari bilan bogʻliq holda, umumiy til savodxonligi qoidalariga qoʻshimcha ravishda, boshqa tillarga oid qoʻshimchalar ham mavjud. Ekologik terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari va maʼlum bir mamlakatda qabul qilingan anʼanaviy shakllar bor.
Tarjimaning asosiy talabi aniqlik va to'liqlikdir. Muallifning biron bir fikri o'tkazib yuborilmasligi yoki buzilmasligi kerak. Bu yerda biz o'zimiz qilgan tarjima ishlarida tarjima xatolarini to'plashga va qandaydir tarzda tasniflashga harakat qildik. Barcha misollar haqiqiy tarjimalardan olingan, ularning ba'zilari nashr etilgan. Tarjima xatolarining ba'zi manbalari bilan tanishdik. Hatto ma'lum bir tartibda joylashtirilgan bo'lsa ham, ular bitmas-tuganmas xilma-xillik taassurotini beradi va bu taassurot haqiqatdan uzoq emas. Biroq, umumiy qoida mavjud: ko'rib turganimizdek, hiyla-nayrangga shubha qilish matnning mantiqiyligi yoki haqiqiy noto'g'riligiga imkon beradi. Ularni payqash uchun masalaning ekalogik va kundalik tomonlarini aniq tasavvur qilish kerak, ya'ni so'zlar ortida ob'ektni ko'rish kerak. Agar biz qat'iy qoidalarga muvofiq bo'lsa ham, so'zlardan ibora tuzadigan bo'lsak, lekin ularning orqasida tasvirlangan haqiqatni ko'rmasak, o'quvchi uni ko'rishiga ishonish mumkin emas.
Ekalogik terminologiya bilan ishlash chet tilini o`qitishda o`quv jarayonini boshqarish sifatini oshirishga va shunga mos ravishda mutaxassislik bo`yicha chet tili lug`atini rivojlantirishga yordam beradi. Kasbiy odob - axloq me’yorlari va ekologik terminologiyaga osongina yo’naltirilgan har qanday sohadagi mutaxassis samarali muloqotga tayyor bo’ladi va o’z kasbiy faoliyatida ishochli muavfaqqiyat ega bo'ladi.


Download 61,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling