Fan va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
Download 424.13 Kb. Pdf ko'rish
|
5 topshiriq Darslarda didaktik o‘yinlarni o‘tkazish texnologiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Domino “tosh”lari Muhandislik grafikasini о‘qitishda didaktik о‘yin texnologiyasining о‘rni.
chizma
chizma Kim birinchi bо‘lib qо‘lidagi chizmalarni tо‘g‘ri qо‘yib tugatsa, о‘yinning g‘olibi hisoblanadi. Agar о‘yin “riba” (“baliq”) bilan tugasa, ya’ni о‘yinchilarning qо‘llarida “toshlar” bо‘lsa-yu, yurish imkoniyati bо‘lmasa, qо‘lida eng kam “toshlar” qolgan о‘yinchi g‘olib hisoblanadi. Agar hammada barobar “toshlar” qolsa о‘yin durang bilan yakunlanadi. chizma Eslatma. О‘yinda tо‘rt nafargacha о‘yinchi о‘ynashi mumkin. Unda bir nechta komanda tuzilib, har bir komandadan ikki nafardan g‘oliblar aniqlanadi, ulardan yana komandalar tuzib, eng oxirida ikkita о‘yinchidan bittasi chempion bо‘lishi mumkin. Birinchi turda g‘olib chiqqanlardan tuzilgan komandalarga о‘rtacha murakkablikdagi, ikkinchi tur qatnashchilariga murakkabroq va final qatnashchilariga yanada murakkabroq detallarni tanlash tavsiya etiladi. Yuqorida keltirilgan domino о‘yini jadvaliga asosan tayyorlanadigan 49 ta “tosh” quyida berilgan. Bu yerdagi raqamlar о‘yindan oldin olib tashlanadi. Domino “tosh”lari Muhandislik grafikasini о‘qitishda didaktik о‘yin texnologiyasining о‘rni. Ma’lumki, bolalar jim о‘tirolmaydilar, ular doimo harakatda bо‘ladilar, ya’ni о‘ynaydilar. О‘yin bolalarning tabiiy hamrohi bо‘lib, ularga olam-olam hayojonli quvonch keltiradi. Bolalar о‘yinlar orqali dunyoni, ya’ni tevarak – atrofni о‘rganadi, shu bilan bir qatorda ma’lum darajadagi tarbiyani ham oladi. О‘yin orqali mehnat qilishga о‘rganadi. О‘yin davomida о‘zining sevgan qahramoni obraziga kirib, о‘zida haqqoniylik, yolg‘on gapirmaslik, zehn о‘tkirlik, chaqqonlik, kuchli bо‘lishlik, bardosh berishlik, tez topqirlik, g‘alaba qilishga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. О‘yin qoidalari asrlar davomida xalq tomonidan qonunlashtirilib ularning tarbiyaviy ahamiyatiga kо‘p e’tibor berilgan. Shuning uchun maroq bilan kо‘p о‘ynaydigan bolalar zehni о‘tkirligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Umuman olganda, о‘yinni gо‘dak boladan tortib mо‘ysafitgacha о‘ynashi mumkin. О‘yinlarni odamlar о‘z yoshiga qarab tanlashadi. Yosh bolalar kо‘proq harakat bilan bog‘liq о‘yinlarni tanlashadi. Chunki, ularning о‘sishi, ulg‘ayishi buni talab qiladi. Yoshi ulg‘aygan sari odamlar asta-sekin kо‘proq fikr yuritadigan о‘yinlarni tanlashadi. Har xil о‘yinlarning kelib chiqishi xalq pedagogikasining maxsuli bо‘lib, о‘qituvchilar dars berishi jarayonida shu о‘yinlarning ba’zi elementlaridan foydalanishlari zarur. О‘quvchilarning yuqoridagi fazilatlarini о‘rganib, chizmachilik darslariga о‘yin elementlarini kiritish lozim. An’anaviy dars jarayonida о‘quvchilarning zerikishlarini, charchashini sezish bilan о‘qituvchi 5-6 minutlik mavzuga bag‘ishlangan о‘yin о‘tkazishi lozim. Chizmachilikdan о‘tkaziladigan har bir о‘yin о‘ziga hos ijodiy yondoshishni talab qiladi. Bu yerda о‘qituvchi sinfdagi barcha о‘quvchilarning diqqatini о‘tkaziladigan qisqa muddatli о‘yinga jalb qila bilishi katta ahamiyatga ega. О‘yinda о‘quvchi faol ishtirok etishga, fikr yuritishga, mulohaza qilishga qilgan harakatlari ularning butun his tuyg‘ularini ishga soladi. О‘yinli qiziqarli va jonli о‘tishga kо‘p jihatdan о‘qituvchining mahoratiga bog‘liq hisoblanadi. Agar о‘qituvchi bolalar psixologiyasiga monand yо‘l tutib, ular bilan о‘ynasa, ya’ni ularning yoshiga hos bо‘lgan о‘yin elementlardan foydalansa, oliy toifali chizmachilik о‘qituvchilarning aytishicha, har bir dars kichik – kichik о‘yinlardan tashkil topgan bо‘lsa, albatta dars jonli, qiziqarli, mahsulli о‘tadi. Didaktik о‘yinlar oddiydan asta – sekin murakkablashtirib tuzilgan bо‘lishi, о‘quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishga mо‘ljallangan bо‘lishi lozim. Didaktik о‘yinlar orqali о‘quvchilarda quyidagi faoliyatlarni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi: – sekin-asta turli didaktik masalalarni kiritish yо‘li bilan aqliy faoliyatidagi ijobiy о‘zgarishlarni shakllantiradi; – aqliy faoliyatida о‘yinga bо‘lgan qiziqishni rivojlantiradi; – bitta о‘yin chegarasida qator aqliy masalalar majmuasini о‘stiradi; – barcha о‘ynayotganlarning hissiy va intelektual tuyg‘ularini bitta maqsadga yо‘naltiradi; – о‘quvchilarda tartiblilik, tashkilotchilik, maqsad sari intiluvchanlik hislarini tarbiyalaydi. Bunday muammolarni yangi darajada qabul qilish о‘quvchilar ongida kо‘plab kelayotgan turli axborotlarni singdira olishga olib keladi. Download 424.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling