Fan va innovatsiyalar vazirligi Jizzax politexnika instituti


V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Download 102.09 Kb.
bet5/7
Sana15.11.2023
Hajmi102.09 Kb.
#1774902
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Umumiy pedagogika fan dasturi 2023 (2)

V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati; ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, birligi - yagona pedagogik jarayon ekanligi; ta’lim nazariyasi(didaktika)ning asosiy komponentlari, konsepsiyalari, paradigmalari; ta’lim prinsiplari; ta’lim metodlari, texnologiyalari; ta’lim turlari va bosqichlari; ta’limni tashxis qilish; tarbiya nazariyasining mohiyati; tarbiyaning mazmuni, prinsiplari; tarbiyada muhit (sotsium), ruhiyat (psixologiya); tarbiya metodlari va texnologiyalari; maxsus pedagogikaning o‘ziga xos xususiyatlari; tarbiya turlari; jamoada, oiladagi tarbiya hamda o‘z-o‘zini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari; O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi; ta’limni boshqarish shakllari; shaxsga ta’lim va tarbiya berish g‘oyasining paydo bo‘lishi; ta’lim va tarbiya to‘g‘risida Sharq va G‘arb mutafakkirlarining qarashlari; jahon pedagogik jarayoni; O‘zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanishini; pedagogik fikr tarixida mahorat masalalari haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi;
Ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslaridan foydalanish; ta’lim va tarbiyalashning zamonaviy metod va texnologiyalarini; ta’lim va tarbiya jarayonida talab qilingan irodani namoyish qilish, sabr-toqat, qat’iyat, kayfiyatni o‘zgartira olish, javobgarlikni his qilish; o‘z mehnatini rasmiy va ijodiy tashkil eta olish: vaqtdan unumli foydalanish; o‘z mahoratini tinmay oshirib borish; ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatiga singdirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

  • Ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligini anglash; ta’lim va tarbiya jarayonida milliy g‘oya va ma’naviyatimizning boy meroslarini o‘zlashtirish va hayotga tadbiq etish; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligini tushunish; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligini bilish; ta’lim dasturlariga metodik jixatdan yondasha olish; yoshlarni bilimli bo‘lishiga va ulardagi iste’dodni rag‘batlantish natijalarini ko‘ra olish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirib olib borish malakasiga ega boʻlishi kerak

4.


Download 102.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling