O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim, FAN VA INNOVATSIYALAR vazirligi
Jizzax politexnika instituti
“Tasdiqlayman”
Jizzax politexnika instituti rektori
____________A.Usmankulov
03.07.2023-yil
Ro`yxatga olindi: №BD 60710400-2.03,
03.07.2023-yil
UMUMIY PEDAGOGIKA
fanining
O‘QUV DASTUR
Bilim sohasi:
|
700 000 – Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari, 1000 000 – Xizmatlar.
|
Ta`lim sohasi:
|
720 000 – Ishlab chiqarish, ishlov berish sohalari,
1010 000 – Xizmat ko`rsatish sohasi.
|
Ta`lim yo’nalishi:
|
60710400 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (sanoatda)
|
Jizzax 2023
Fan/modul kodi
UP2304
|
O’quv yili
2023-2024
|
Semestr
3
|
ECTS – Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Tanlov
|
Ta’lim turi
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
3-semestr – 4s
|
1.
|
Fan nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Umumiy pedagogika
|
60
|
60
|
Jami: 120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni oʻqitishdan maqsad – Umumiy pedagogika o‘quv kursi talabalarning psixologiya, yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi bo‘yicha oldingi tayyorgarlik darajasini hisobga oladi va pedagogik bilim hamda ko‘nikmalarni puxta egallash uchun asos yaratadi.
Fanning vazifasi – Talabalarga umumiy pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika fanlarini nazariy jihatdan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari jarayonida chuqur o‘rgatish asosida olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatishdan iborat.
|
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari
Pedagogika fanining rivojlanish bosqichlari va maqsad vazifalari, pedagogika fanining asosiy kategoriyalari, pedagogik jarayonlarni tadqiq qilishning ustuvor jihatlari, pedagogika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi vabog’liqligi. Pedagogik fanlar tizimi, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari va ularning turkumlari.
2-mavzu. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Daktikaning ijtimoiy va fiziologik asoslari
Didaktika haqida tushuncha, didaktikaning predmeti va vazifalari, didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.
3-mavzu. Ta’lim mazmuni
Ta’limning maqsad va vazifalari, ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni, hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g‘oyalar, Davlat ta’lim standarti, ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar, o’quv reja, o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar.
4-mavzu. Ta’lim metodi va vositalari
O’qitish metodlari haqida tushuncha, o’qitish metodlariga qo’yilidigan pedagogik talablar va ularni guruhlash, ta’lim olganlikni tashxis etish, o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash, ta’lim jarayonining shakllari, dars tiplari va tuzilishi.
5-mavzu. Ta’limni tashkil etish shakllari
Ta’lim turlari va shakllarining tavsifi, ta’lim pedagogik tizimlarining rivojlanish, ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
6-mavzu. Tarbiya nazariyasi. O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari.
Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari, tarbiya jarayonining xususiyatlari, tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli, ijtimoiy tarbiyaning asosiy vazifalari, tarbiya qoidalari va ularning mohiyati
7-mavzu. Tarbiya metodlari. Milliy tarbiyaning o’ziga xosligi va mazmuni.
Milliy tarbiyaning o’ziga xosligi, tarbiya metodlari haqida tushuncha, xalq pedagogikasida tarbiya metodlari, tarbiya metodlari, tarbiyaning tarkibiy qismlari
|
Do'stlaringiz bilan baham: |