Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 144.45 Kb.
bet9/16
Sana17.06.2023
Hajmi144.45 Kb.
#1553915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
Hashoratlarning ichki tuzilishi

3 rasm.
1 - kutikula, 2 - eshitish teshigi,
3 - qalpoqsimon hujayra, 4 - skolpofor,
5 - nog‘ora parda, 6 - traxeyalar,
7 - nog'ora parda bo‘shlig‘i, 8 - oyoq
bo‘shlig‘i, 9 - skolopoid tanacha.

Sezuvchi nerv hujairalaming o‘simtalari timpanal nervni hosil qiladi. Xordotonal sensillalar, ya’ni skolpoforlar har xil rastotali tovush tebranishlarini qabul qiladi. Sensillalardan bir guruhi muayyan tur individlari uchun xos bo‘lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi.


Hasharotlaming timpanal organlari sekundiga 15000 dan 175000 gacha bo‘lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi. Ular ayniqsa ultratovush tebranishlariga sezgir bo‘ladi. Tunlam kapalaklar ko‘rshapalaklar tarqatadigan 30000-80000 chastotali tovush tebranishlarini sezadi va ulardan saqlanish uchun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turishadi. Yuqorida trixoid sensillalar ham eshitish funksiyasini bajarishi to‘g‘risida eslatilgan edi. Trixoid sensillalar 50 dan 400 gacha chastotali tebranishlami sezadi. Ular kontakt sezgi organlari bo‘lib, hasharotlar o‘tirgan yuzaning tebranishlarini qabul qiladi. Trixoid sensillalar mo‘ylovlarda va serkilarda ko‘p bo‘ladi. Ayrim trixoid sensillalaming tukchalari kutikula bilan harakatchan birikadi. Bunday sensillalar shamolning yo‘nalishini vahavo oqimini aniqlashga yordam beradi. Pashsha va chivinlarning ikkinchi juft qanotlari qoldig ‘idan hosil bo‘lgan vizildoqlarida tana holatini boshqarishga yordam beradigan xordotonal sensillalar joylashgan.
Qanotli hasharotlar mo‘ylovlarining asosida murakkab tuzilgan jonston organi uchish tezligini boshqarishga yordam beradi. Eshitish organlari - rivojlangan hasharotlar ovoz chiqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Bu organlar har xil tuzilgan. Hamma to ‘g ‘riqanotlilaming ovoz chiqarish xususiyati qanotlar bilan bog‘liq. Temirchaklaming oldingi chap qanotlaridagi ayrim tomirlari tishchali kamonchaga aylangan. 0 ‘ng qanotining shunga mos keladigan qismida baland tomirlar bilan chegaralangan maxsus rezonator plastinka oynachasi bo‘ladi. Hasharot chap qanotidagi kamonchani o‘ng qanotidagi oynachasi tomiriga ishqalaydi va oynacha plastinkasi tebranib ovoz chiqaradi. Chigirtkalaming kamonchasi esa orqa oyoqning son qismida joylashgan qator tishchalardan iborat. Erkak chigirtkalar kamonchani ustqanotning qalinlashgan tomiriga ishqalab, ovoz chiqarishadi. Jizildoqlarning ovoz chiqarish organi oxirgi ko‘krak bo‘g‘imining ostki tomonida joylashgan xitin pardadan iborat. Maxsus muskullaming juda tez-tez qisqarishi natijasida parda tebranib, ovoz chiqaradi. Erkak hasharotlar sayrashining asosiy mohiyati urg‘ochilarini jalb qilishdan iborat.
Hasharotlaming xemoretseptorlari hid bilish va ta’m bilish sensillalaridan iborat. Hid bilish sensillalari mo‘ylovlar va



Download 144.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling