Fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Ayirish sistemasi va sezgi organlari


Download 144.45 Kb.
bet6/16
Sana17.06.2023
Hajmi144.45 Kb.
#1553915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Hashoratlarning ichki tuzilishi

1.3 Ayirish sistemasi va sezgi organlari
Ayirish sistemasi. 0‘rta ichak bilan orqa ichak chegarasida joylashgan malpigi naychalaridan iborat. Bu naychalar orqa ichak o‘simtalaridan iborat bo‘lib, ektodermadan kelib chiqqan. Ulaming soni bir juftdan bir necha yuz juftgacha, to‘g‘ri qanotlilarda 120; pardaqanotlilarda 150 juftgacha yetadi. Shira bitlari va ayrim tuban hasharotlarda malpigi naychalari umuman bo‘lmaydi. Ко‘pchilik hasharotlaming malpigiy naychalari devori muskullar bilan ta’minlanganligi tufayli harakatlanish (qisqarish) xususiyatiga ega.
Naychalamingtana bo‘shlig‘ida osilib turgan qismining uchi berk bo‘ladi; ikkinchi uchi esa o‘rta ichak bilan orqa ichak chegarasida ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Moddalar almashinuv mahsulodari suvda erigan siydik kislotasi tuzlari holida gemolimfadan naychalar bo‘shlig‘iga, u yerdan ichak bo‘shlig‘iga tushadi. Naychalar va ichakda siydik kislotasi kristall holida cho‘kmaga tushadi; suv esa qaytadan gemolimfaga so‘riladi. Suvning asosiy qismi keyingi ichakdagi rektal bezlari yordamida so‘riladi. Siydik kislotasi kristallari hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari bilan birga anal teshigidan chiqarib tashlanadi. Ayirish sistemasining bu xususiyati quruqlikda, ayniqsa, quruq iqlimda suvni tejab sarflashga imkon beradi.
Nam joyda yashaydigan yoki suyuq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (masalan, shira bitlari)ning ayirish sistemasi siydik tarkibidagi suvni qayta shimib olish xususiyatiga ega bo‘lmaydi.
Hasharotlaming yog‘ tanasi ham ayirish vazifasini bajaradi. Yog‘ tanasi ichki organlar orasida joylashgan g‘ovak to‘qimadan iborat; unda modda almashinuv mahsulotlaridagi siydik kislotasi kristallanadi. Bu moddalar organizmdan tashqariga chiqarib yuborilmaydi. Shuning uchun yog‘tanani “to‘plash buyragi” deyish mumkin. Lekin hasharotlarda yog‘ tana asosan qo‘shimcha oziq hisoblanadi. Shuning uchun bu modda metamorfoz bilan rivojlanadigan hasharotlaming katta yoshdagi qurtlarida va uzoq muddat och yashash xususiyatiga ega bo'lgan hasharotlar (masalan, to'shak qandalalarida yaxshi rivojlangan. Hasharotlarda bu modda metamorfoz jarayonida yoki oziq tanqisligi davrida sarflanadi.
Ко‘pchilik hasharotlar yuragining ikki yonida joylashgan yurakoldi hujayralar - nefrotsitlar ham ayirish funkdiyasini bajaradi. Nefrotsitlar tana bo‘shlig‘idagi yot moddalami yutish xususiyatiga ega bo‘lgan/agotsitar organlar hisoblanadi. Ayrim tuban hasharotlar (tizanurlar, to‘g‘riqanotlilar)ning yuragi ostida joylashgan amyobasimon hujayralar to‘plami ham fagotsitoz, ya’ni gemolimfadagi qattiq zarrachalami qamrab olish xususiyatiga ega.
Shu’lalanuvchi hasharotlar (masalan, qo‘ng‘iz Lampyris)laming shulalanuvchi organlari ham yog‘ tanasining yupqa tiniq gavda qoplag‘ichi joylashgan bir qismi hisoblanadi. Kislorodli muhitda maxsus ferment ta’sirida yog‘ tarkibidagi lyutsiferin moddasi oksidlanib, yog‘du chiqaradi. Shu’lalanish hodisasi nerv sistemasi tomonidan boshqarilib turiladi.

Download 144.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling