Fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti


Kiritilgan kapitalni qaytarish usullari


Download 50.34 Kb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi50.34 Kb.
#1638428
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES MOLIYASI

Kiritilgan kapitalni qaytarish usullari
Xususiy kapitalni oshirish manbalarini izlashda kichik biznes duch keladigan jiddiy muammo ortga qaytishga yo‘l yo‘qligidir» (exit route).
Qoidaga ko‘ra, investorlar agar ular o‘z mablag‘larini kompaniyaga qo‘yishsa ularni qaytarish usuli mavjud bo‘lishini talab qiladilar. London fond birjasida yoki boshqa shunga o‘xshash bozorlarda ro‘yxatga olingan kompaniyalar uchun bu jiddiy muammo sanalmaydi. Ammo kichik kompaniyalar uchun bu katta masaladir.
Salohiyatli mulkdorlar uchun uchta ehtimoliy strategiya mavjud.

  • Kompaniya ularning egalaridan aksiyalarni xarid qilishi mumkin. Ammo buning uchun kompaniyalar ancha katta mablag‘larga ega bo‘lishi va kelgusi investitsiyalar uchun ularga muhtoj bo‘lmasligi kerak. Bu kompaniya uchun eng yaxshi yo‘l emas. Kompaniya uchun aksiyalarning muhim afzalliklaridan biri ularni tugatish zarurati yo‘qligidir.

  • Kompaniya fond birjasi listingiga ega. Bu muqobil investitsiya bozorlari va Ofex tizimlari mavjudligini hisobga olgan holda yaxshi variant, ammo undan faqatgina kichik biznes sektorining ancha yirik kompaniyalari foydalanishlari mumkin. - Kompaniya boshqa kompaniyaga sotilgan bo‘lishi yoki menejerlar jamoasi tomonidan kompaniya xarid qilingan bo‘lishi mumkin.

Modomiki sanab o‘tilgan imkoniyatlarda hech biri kichik kompaniyalar uchun optimal bo‘lmasa kompaniyaga kiritilgan mablag‘larni qaytarish real muammoni hosil qiladi. Oxir-oqibat ko‘plab kichik kompaniyalar uchun ularning ta’sischilari shaxsiy jamg‘armalari va taqsimlanmagan foyda asosiy moliyalashtirish manbasi bo‘lib qoladi.
Venchur kapital
Venchur kapitali deganda kengaytirilayotgan kompaniyalar va tadbirkorlik subyektlariga ularni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z kapitalini kiritish tushuniladiyu venchur investorlar odatda ularga qiziqish uyg‘otgan kompaniyalarda katta ishtirokni qabul qiladilar. Xususan ular kompaniyada qarorlar chiqarishda qatnashishlari mumkin.
XULOSA
Xulosam shundan iboratki kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarining ish faoliyati ularning moliyaviy faoliyati bilan chambarchas bogliq. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyati natijalarini aks ettiradi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko'rsatkichlardan asosiysi foydahisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash deganda, bu ularga pul yoki tovar shaklidagi vositalarni ma’lum muddatga haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi. Kreditning quyidagi asosiy shakllari mavjud: tijorat krediti; bank krediti; iste’mol krediti; davlat krediti va xalqaro kredit. Kreditlaming foiz stavkalari mamlakatning ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Xalqaro kreditlaming foiz stavkalari esa jahon ssuda kapitallari bozorida aniqlanadi. Unga xalqaro moliya bozoridagi holatlar bevositata’sirko'rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida samaradorlikni oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi: ilg or texnologiya va uskunalardar foydalanish; xomashyo va materiallarning yangi turlarini qo'llash; asosiy fondlardan unumli foydalanish; mehnatni tashkil etishning samarali usullarini qo'llash; xorij firmalarining ilg or tajribalaridan foydalanish va h.k.


Download 50.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling