Fan va innovatsiyalar vazirligi turon zarmed universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakultet


Download 154.98 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi154.98 Kb.
#1481227
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qadimgi italiya

1 BOB QADIMGI ITALIYA.
1.1 Qadimgi Italiya tabiiy sharoitlari.
Apennin yarimorolida iqlim iliq bo‘lib, yil bo‘yi o‘rtacha yomg‘ir yog‘ardi. Yarimorolni to‘liq egallagan Italiya zaminida qurg‘oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo‘lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo‘l-ko‘lligi va tuproq unum dorligi tufayli ko‘p asrlar davomida qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik va chorvachilik bo‘lgan. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan. Lig‘urlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo‘lib, chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. «Italiya» so‘zi (yunoncha «vitulus» so‘zidan) buqa, buzoqcha ma’nosini bildiradi. Mil. avv. VIII-VI asrlarda Italiya sohillarida koloniyalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o‘tlatish uchun ajoyib o‘tloqlarni topganlar. Apennin yarimorolidagi eng katta daryo Po daryosidir. Yarimorolning qabilalari italiklar deb nomlangan. Italiyaning shimoli-g‘arbiy qismida etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan. Mil. avv. VIII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlatning ittifoqini tuzishadi. Etrusklar Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalariga qarshi kurash boshladilar. Afri- kaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi Karfagen shahar-davlati ham ularga qo‘shildi. Avvaliga karfagenliklar va etrusklar g‘alaba qozonishdi, ammo ko‘p o‘tmay yunon qo‘shini ularni quruqlik va dengizda tormor qildi. Rim shahri Tibr daryosi bo‘yidagi dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo‘ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o‘rtasidagi yerlar odam o‘tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shahar joylashishi harbiy nuqtai nazardan juda ham qulay bo‘lgan. Daryo va botqoqlik lotinlarni qo‘shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, mil. avv. 753-yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyo ga kelganlaridan so‘ng chaqaloq larni savatga solib, Tibr daryosi bo‘yiga tashlab ketadilar. Daryo bo‘yida ularni Ona bo‘ri topib olib, emizadi va boqadi. Keyin aka-ukalarni bir cho‘pon topib olib tarbiya laydi. Voyaga yetganlarida esa ular Tibr bo‘yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o‘z inisini o‘ldirib qo‘yadi, shaharga esa o‘z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni emizgan Ona bo‘ri Rimning timsoli hisoblanadi. Rim katta shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish u chun qal’a bunyod etiladi. Ilgari rimliklar o‘z hukmdorlarini saylashardi. Hukmdorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo‘lishgan. Laqabi Mag‘rur Tarkviniy degan kishi mamlakatga saylab qo‘yilgan hukmdorni o‘ldirib, hokimiyatni egallab oldi. Bundan darg‘azab bo‘lgan aholi qo‘zg‘olon ko‘tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yubordi. Shahar ahli butun hokimiyat bir kishi qo‘lida jamlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqaruv shakliga o‘tishga qaror qiladi. Podsho hokimiyatining ag‘darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi. Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogʻi yaqinidagi Barma-Grande gʻoridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, oʻrta Italiyada unga turdosh boʻlgan madaniyatlar nishonalari juda koʻp. Temir davrshxa Italiya hududida paydo boʻlgan bir qancha madaniyatlar koʻpgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi boʻlgan. 3Mil. av. 2-1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar (shu jumladan, lotinlar) koʻchib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub boʻlgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar (mil. av. 754-53-yillar). Mil. av. 5-3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi boʻlgan. Mil. 5-asrgacha, yaʼni Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha boʻlgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang. Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat boʻlgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xoʻjalikning mavjudligi, natural xoʻjalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4-5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgʻol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qoʻzgʻolonlari natijasida Gʻarbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati oʻrnatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar oʻrtasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi (qullar va kolonlar bilan birga) baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi taʼsirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 4751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, soʻngra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovgʻa qilgach, papalarning te-okratik davlati (Papa viloyati) tarkib togshi. 773-74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe boʻlishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning oʻgʻli Pipin uning qiroli boʻldi. Franklar istilosidan soʻng Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan boʻlgan Karl III agʻdarilgach, yirik zodagonlar oʻrtasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning koʻp qismi german imperatori Otton I taʼsirida boʻldi. 10-11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 — 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari-sexlar vujudga keldi. Kommunalar gʻalaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayʼati qoʻliga oʻtdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayʼat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yoʻlatilmas edi. Xalq yigʻinining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga oʻtishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boʻysundirish yoʻli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boʻldi, bu shahar-davlatlarda oʻsha davr uchun gʻoyat ilgʻor boʻlgan yangi davlat shakli — respublika tuzumi oʻrnatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar (Venetsiya, Genuya, Piza, Ankona) ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq oʻrtasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi.


Download 154.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling