Fan va innovatsiyalar vazirligi turon zarmed universiteti ijtimoiy iqtisodiy fakultet


Download 154.98 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi154.98 Kb.
#1481227
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qadimgi italiya

1.3 Qadimgi Italiya iqtisodiyoti.
Asosiy siyosiy partiyalar. "Olgʻa, Italiya" partiyasi, 1993-yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996-yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848-yilda asos solingan, 1944-yilda kayta tiklangan,1994-yil martida oʻzini oʻzi tugatgan va oʻsha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya 6Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994-yil 18-yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832-yildan faoliyat koʻrsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947-yilda tuzilgan, 1966-yilda Sotsialistok partiya bilan qoʻshilgan, 1969-yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining boʻlinishi natijasida 1994-yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892-yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906-yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi aʼzosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950-yilda tuzilgan. Iqtisodiyoti Italiya — yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band. Sanoatida ogʻir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz (asosan, Padan tekisligi, Po daryosi etaklari, Adriatika dengizi sohiliga yaqin joylar va Sitsiliya o.da), qoʻrgʻo-shin, rux (asosan, Sardiniya o.da), temir rudalari (Aostada va Sardiniya o.da), boksit, kinovar (simob ruda-si), pirit (Toskana viloyatida), ol-tingugurt, tuz (Sitsiliya o.da), qoʻngʻir koʻmir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga oʻrtacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari (chetdan keltirilgan xom ashyo asosida), asosan, dengiz sohilidagi joylar (Genuya, Neapol, Venetsiya, Spetsiya, Augusta)da va neft mahsulotlari eng koʻp ishlatiladigan shaharlar (Milan va boshqalar)da. Sanoatning yetakchi sohasi boʻlgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik (Turin), kemasozlik (Genuya, Livorno, Neapol, Venetsiya, Triyest), stanoksozlik (Milan, Breshna, Turin), priborsozlik (Ivrea), elektrotexnika (Milan, Varese, Bergamo, Turin, Genuya) va elektron (Milan atrofi) sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, maʼdanli oʻgʻit, sunʼiy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont — anʼanaviy toʻqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari — un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogʻi, uzum vinosi (yiliga 70 mln. gektolitr) ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta eʼtibor beriladi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmoklari — dehqonchilik (58%) va chorvachilik (42%). Unumdor yerlarning 34,3% (19,6 mln. gektar) haydalib, ekin ekiladi, 11% bogʻ, tokzor va zay-tunzor, 19,2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari — bugʻdoy, makka-joʻxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi oʻrinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hoʻl meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongʻoq, fundukzorlar koʻp. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna (uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi), sitrus mevalar xrsili yiliga 3,3 mln. tonna, pomidor hosili 5,5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol (8,8 mln. bosh), choʻchqa (9,6 mln. bosh) va qoʻy (12,2 mln. bosh) boqiladi. Mamlakat shimolida sut va goʻsht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Tabiati Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m — Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi — Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata — 1734 m, Vezuviy — 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100-200°) bulok, koʻp. Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan so-vuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20-28°, baʼzan issiq shamol esganda 40-45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 — 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600-800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor. Eng yirik daryosi — Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp. Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir-oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloklari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500-600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloklari bor. Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. — jami maydon 200 ming ga. Aholisining 98% dan koʻprogʻi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili — italyan tili. Asosiy din — katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.


Download 154.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling