Fan va innovatsiyalar vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


II BOB TUPROQNING EKOLOGIK MUVOZANATINI SAQLASH


Download 286.31 Kb.
bet9/13
Sana01.05.2023
Hajmi286.31 Kb.
#1418667
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
TUPROQ SUVO’TLARI EKOLOGIYASI

II BOB TUPROQNING EKOLOGIK MUVOZANATINI SAQLASH
2.1 O’gitlar va trixoderma zamburug’ining ekologik ahamiyati
Dehqonchilikda organik o’g’itlarning qishloq xo’jaligi ekinlari o’sib rivojlanishi va tuproq xususiyatlariga tasiri ko’pgina olimlar tomonidan o’rganilgan, biroq ularning ba’zi mikroorganizmlar, jumladan, trixoderma lignorum zamburug’i bilan uyg’unlashgan holdagi ta’siri yetarlicha o’rganilmagandir. Shu maqsadda ularning qishloq xo’jaligi ekinlar, jumladan, g’o’zaning o’sib rivojlanishi va tuproq ekologiyasiga ta’sirini o’rganish ilmiy kuzatishlarimizning asosi qilib olindi. Tajribalarda 6 ta variant o’rganildi. 1. Nazorat 2. Nazorat trixoderma 3. Go’ng 30 t/ga 4. Go’ng 30 t/ga trixoderma 5. Siderat 375 s/ga 6.Siderat 375 s/ga trixoderma.Tajribaning birinchi yilida sanoat asosida yetishtirilgan trixoderma lignorum 19 zamburug’i (titr 1g/da 1mln dan ortiqroq spora,70 kg/ga) yekish bilan birgalikda chigit ostiga 5-6 sm chuqurlikka berildi.
Tajribalar Pastdarg’om tumanining “Toshquvvat bobo” fermer xo’jaligi dalalarida olib borildi va mavsum davrida xo’jalikdagi mavjud agrotexnikaga amal qilindi.
Tajriba variantlarida organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’i ta’sirida tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati va ularning organik o’g’itlar chiritish dinamikasi bo’z gazmolining tuproqdagi chirishi uslubi asosida o’rganildi.
Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki,bo’z gazmolining chirish tezligi 30 kunda organik o’g’itlar va trixoderma lignorum zamburug’I uyg’unlashgan holda qo’llanilgan variantlarda jadal kechib gazmolning chirishi 95,5-98,0 % ni tashkil etdi. Organik o’g’itlar qo’llanilgan variantning dastlabki 10 va 20 kunlarida gazmolning chirishi sekin bordi. Bu tuproqdagi haroratning va organik o’g’itlarning chirishining pastligi bilan tushuniladi. Shuningdek, mavsumning boshi, o’rtasi va oxirida tuproqdagi mavjud mikroorganizmlar va ular sonining dinamik o’zgarishi doimiy kuzatildi (2.1.1- jadval).
1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, nazorat variantda mavsum oxirida trixoderma lignorum sonida sezilarli o’zgarish kuzatilmaydi. Biroq qolgan variantlarda trixoderma sonining oshishi kuzatiladi, ayniqsa, organik o’g’itlar berilgan variantlarda yaqqol ko’rinadi.
2.1 1-jadval

Download 286.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling