Fan va innovatsiyalar vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


Download 286.31 Kb.
bet2/13
Sana01.05.2023
Hajmi286.31 Kb.
#1418667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TUPROQ SUVO’TLARI EKOLOGIYASI

Ilmiy va amaliy ahamiyati. Mineral va organik o’g’itlar alohida qo’llanilganda ham, birgalikda qo’llanilganda ham mikroorganizmlarning fiziologik guruhlari vakillari soniga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunday qonuniyatlar o’tloq va o’tloq–bo’z tuproqlar mikrobiologik faolligiga sezilarli tasir ko’rsatib ulardagi mikroorganizmlarning taksonomik va fiziologik guruhlari vakillari sonini oshirishi aniqlangan.
Ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu kurs ishi __ sahifadan iborat bo’lib, 2ta bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1 BOB TUPROQSHUNOSLIK ASOSLARI
1.1 Tuproqning morfologiyasi.
Tuproq va uning unumdorligi. Tuproq organik hayotning eng muhim bo‘lagi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasidir. Tuproq turli jarayonlar va tabiiy omillar ta’siri natijasida o‘zgargan va o‘zgarib kelayotgan unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yerning ustki qatlamidir. Unumdorlik tuproqning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq boigan kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlari va ular ro‘y beradigan jarayonlar kompleksiga bogliqdir. Tuproqning unumdorligi yoki ishlab chiqarish xossasi deganda tuproq sharoitining yig'indisi, ya’ni ekiladigan ekinning yaxshi rivojlanishini a’lo darajada ta’minlashi tuchuniladi. U ikki xil: tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy unumdorlik o'simliklar, jonivorlar, issiqlik va boshqa omillaming ta’sirida paydo bo‘ladi. Sun’iy unumdorlik esa inson faoliyati natijasida, ya’ni yemi haydash, sug‘orish, o‘g‘itlash tufayli hosil bo'ladi. Unumdorlik tuproqning ishlab chiqarish qobiliyatining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi.
Tuproq haqidagi dastlabki ilmiy tushunchani taklif etgan rus olimi V.V.Dokushayev (1846-1903) bu sohadagi ilmiy fan asoschisi hisoblanadi. Tuproqshunoslik fanining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqqan olim tuproqning kelib chiqishi nuqtai nazaridan unga tabiiy-tarixiy jism sifatida qarashni tavsiya etgan.
Tuproqning paydo bo‘Iishi. Tuproq murakkab tabiiy tarixiy yaratma bo'lib, uning paydo bo‘lishi, taraqqiy etishi jonli (organizmlar) va jonsiz (minerallar) tabiat elementlarining o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasidir. Tuproq mineral, organik va organo-mineral moddalardan iborat. Mineral moddalar yer sharining ustki qobig‘ini ishg'ol etgan tog‘ jinslaridan hosil bo‘ladi. Yer sharini ishg‘ol qilgan minerallar turli kislota tuzlari, oksidlar va tabiiy sof elementlardan iborat.
Haroratning o‘zgarishi hamda havo va organizmlar ta’sirida tog‘ jinslari minerallarining parchalanish hodisasiga nurash deyiladi. Tuproq ona jinsining paydo bo‘lishidagi dastlabki jarayon hisoblangan nurash, uni yuzaga keltiradigan ayrim tabiiy omillar ta’siriga ko‘ra, flzikaviy, kimyoviy va biologik nurash turlariga bo‘linadi.
Tuproqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va unumdorligini belgilovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat: tuproq ona jinsi, o‘simliklar va hayvonot olami, iqlim, joyining relyefi, tuproqning yoshi va inson faoliyati. Bu omillar tuproq paydo bo'lishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Demak, tuproq unumdorligi nisbiy tushunchadirki, u har xil shart-sharoitlar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Tuproq tashqi belgilarining majmuasi uning morfologiyasini belgilaydi. Tuproq kesmasi, genetik gorizonti, rangi, tuzilmasi, mexanik tarkibi, qovushmasi va quyilmalari tuproqning muhim morfologik belgilaridir.

Download 286.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling