Fan va innovatsiyalar vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


Download 286.31 Kb.
bet4/13
Sana01.05.2023
Hajmi286.31 Kb.
#1418667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TUPROQ SUVO’TLARI EKOLOGIYASI

1-jadval
Tuproqdagi fizik loy miqdorini aniqlash

Tuproq hajmining ortishi, ml

Fizik loy miqdori, foiz

Tuproq hajmining ortishi, ml

Fizik loy miqdori, foiz

4,00

90,7

1,75

39,6

3,75

85,1

1,50

34,0

3,50

74,4

1,25

29,3

Tuproqdagl fizik qumni aniqlashda esa 100 mm hajmga ega bo‘lgan silindr kolbaga tuproq namunasidan 5 ml hajmida solinib, 100 mm bo‘lgunga qadar suv quyilib tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiriladi va 1,5 daqiqa tinch qo‘yiladi, so‘ngra aralashma teng ikkiga bo'linadi. Bunda ustki qism chang va loyqa, pastki qismi esa qum hisoblanadi. So'ngra loyqa suv 1,5 daqiqadan keyin to‘kiladi va suv tindiriladi. Idishda qolgan qum hajmining har bir millilitri 10 foiz deb qabul qilinib o‘lchanadi va quyidagi jadvalga yoziladi.


2-jadval
Tuproqdagi fizik qum miqdorini aniqlash

Tartib
raqami

Tekshirish uchun olingan tuproq hajmi, ml

Tuproqning loyqa tingan- dan keyingi hajmi, ml

Tuproq hajmining ortishi, ml

Fizik qum
miqdori,
foiz
















Tuproq qovushmasi. Har qaysi qatlamdagi zarra va bo'lakchalar zichligining xarakteri va darajasi tuproq qovushmasi deyiladi. Tuproqning bu morfologik belgisi ona jinsning mexanik tarkibiga, tuproqning organo- mineral va mexanik tarkibiga, tuzilmasiga bog‘liq.


Tuproq qo‘shilmasi. Tuproq paydo bo'lish jarayoniga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, sirtdan qo'shilib qolgan mineral, tog‘ jinsi parchasi va organizm qoldiqlari singari moddalar tuproq qo‘shilmasi deyiladi. Hayvonlaming suyagi, o‘simliklarning qoldig‘i - biologik qo‘shilmalar, tosh, shag'al singarilar mineral qo'shilmalardir.
Tuproqning kimyoviy tarkibi. Tuproqning kimyoviy tarkibi ona jinsga, shuningdek, organik modda - chirindiga, florasiga hamda tuproqqa qanday kimyoviy moddalar bilan ishlov berilishiga bog‘liq.
Tuproqdagi barcha kimyoviy elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira olmaydi, ya’ni kerakli miqdordagisinigina birikmalar holida o‘zlashtiradi.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi tuproqlarda kalsiy karbonatning miqdori 20 foizni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu tuproqlar neytral kimyoviy muhitga ega, ya’ni vodorod ko‘rsatkichi pH 6,5-8,0 ga teng. Tuproqda aerob yoki anaerob jarayonlarining sodir bo‘lishiga qaramasdan, tuproqlarimizning kislotaligi o‘zgarmaydi va u doimo neytralga yaqin bo'ladi. Tuproqning kimyoviy tarkibi 3-jadvalda keltirilgan ( A. P. Vinogradov ma’lumoti).



Download 286.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling