Fan va innovatsiyalar vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti


Download 286.31 Kb.
bet3/13
Sana01.05.2023
Hajmi286.31 Kb.
#1418667
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
TUPROQ SUVO’TLARI EKOLOGIYASI

Tuproqning genetik gorizonti. Tuprog‘i tekshiriladigan joyda chuqur qazilsa, bu chuqurning vertikal devoridagi ko‘zga tashlanib turgan morfologik belgilar tuproqning bir necha qatlamdan tuzilgan ekanligini ko‘rsatadi. Bir-biridan farq qiladigan bunday qatlamlar genetikgorizontlar deyiladi.
Tuproq qatlamining tuzilishi - tuproq qatlamining o‘zaro joylashuvidir. Tuproqning har bir qatlami o'ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, u tuproq hosil bo'lishi jarayonining qay darajada kechganligidan darak beradi. Tuproq qatlami to‘rt genetik gorizontlarga boiinadi va ular odatda lotincha A, В, C, D kabi harflar bilan belgilanadi: A - chirindili-akkumulyativ gorizont yoki haydalma qatlamda, В - elyuvial gorizont, yuviluvchi qatlam, С - illyuvial gorizont, shimiluvchi qatlam, D - tuproqning ona jinsi, to'shalma qatlam.
Tuproqning rangi odatda undagi kimyoviy chirindi va tuproq namligiga bog‘liqdir. Tuproqlar rangiga qarab qora, och va to‘q tusli, sur, qo‘ng‘ir, qizil va hokaza tuproqlarga ajratiladi.
Tuproq tuzilmasi deganda, uning mexanik ta’sir ostida turli shakl va alohida kattalikdagi zarrachalarga ajralish xususiyatiga aytiladi. Tuproq tuzilmasi uning tarkibidagi sementlashtiruvchi kolloid gil (loy)li va chirindi jinslariga, tuproqning singdirish xususiyatiga va tuproq eritmasiga bog'liq. Tuproq tuzilmasi namlanganda yemirilmaydigan chin-sof tuzilmaga, namlanganda yemiriladigan soxta tuzilmaga bo‘linadi. Bundan tashqari tuproq zarrachalari diametri 0,25 mm dan ortganda makrotuzilma va 0,25 mm dan kichik bo‘lganda mikrotuzilmalarga ham ajratiladi.
Tuproqning yuqorida sanab o‘tilgan morfologik belgilari monolitlar yoki qutichadagi tuproq namunalariga qarab o'rganiladi.
Tuproqning mexanik tarkibi. Tuproq juda ko‘plab har xil kattalikdagi zarrachalardan iboratdir. Shu zarrachalarning bir-biriga nisbati tuproqning mexanik tarkibi deyiladi. Tuproqning bu ko‘rsatkichi eng muhim agronomik xususiyatga ega. Chunki tuproq zarrachalarining salmog‘iga qarab tuproqning suv, havo, oziq va issiqlik kabi rejimlar belgilanadi, ulami bilmasdan tuproqqa to‘g‘ri ishlov berish, almashlab ekishda har bir ekinni to‘g‘ri joylashtirish aslo mumkin emas.
Har qaysi tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun, uning qattiq qismida uchraydigan mineral zarrachalarning klassifikatsiyasini bilish kerak. Tuproqning mexanik tarkibini zarrachalarining katta-kishikligiga qarab N. A. Kachinskiy quyidagi 5 guruhga ajratgan
I guruh: 3 mm dan katta - tosh.
II guruh: 3-1 mm-shag‘al.
III guruh: yirik - 1-0,5 qum.
o‘rta - 0,5 - 0,25 mm mayda - 0,25-0,05
IV guruh: yirik - 0,05-0,01
o‘rta - 0,01-0,05 - chang mayda - 0,005-0,001 mm
V guruh: 0,001 mm dan kichik-loyqa
Tuproq zarrachalari qancha mayda bo'lsa, uning yuzasi ham shunchalik katta bo'ladi. Bu tuproq vazni, uning zichligi, qovushqoqligi, g‘ovakligi kabi xossalarini belgilaydi. Shuning uchun ham tuproq fraksiyalari miqdorlarining o‘zgarishiga qarab tuproqning solishtirma og‘irligi, suvo‘tkazish xususiyati, kapillyar naylar hosil qilish kabi xossalari ham o'zgaradi
Dala sharoitida tuproqning mexanik tarkibini aniqlash uchun har qaysi genetik gorizontdan bir chimdimdan tuproq olib uni barmoqlar orasida ezib ko'rish, ma’lum miqdorda namlab undan yumaloq soqqa yoki piliklar eshish va xalqa tayyorlash mumkin. Bu kabi usullar bilan tuproqning qumli va loyli ekanligi, ya’ni mexanik tarkibi aniqlanadi. Laboratoriya sharoitida esa tuproqning mexanik tarkibi elash, oqar va tinch suvda bo'tanalash hamda sentrifuga yordamida aniqlanadi.
Fizik loyni aniqlash uchun tuproq namunasidan 50 ml li idishga 5 ml olib, unga 30 ml suv va ayni vaqtda yana 50 ml li kolbaga CaCl2 eritmasi quyiladi. Har ikkala kolbaga ham 50 mm bo'lgungacha suv quyilib so‘ngra yarim soat o‘tguncha tindiriladi, keyin tuproq hajmiga to‘g‘ri kelgan suvni aniqlash bilan loy miqdori aniqlanadi.

Download 286.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling