- bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.
- Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.
- Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi.
- Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz.
- Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi.
- ü Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.
- ü Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.
- ü Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.
- ü Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi.
- ü Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi.
- ü Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlar-dagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi.
Pedagogik jarayonda shaxsning rivojlanishi qonuniyati – shaxs rivoji darajasi va sur’ati: - · irsiyat;
- · tarbiya va o’quv muhiti;
- · pedagogik ta’sir etish usul va vositalarining qo’llanishiga bog’liq bo’ladi.
- ü O’quv-tarbiya jarayonini boshqarish qonuniyati – pedagogik ta’sirning samaradorligi:
- · ta’lim oluvchilar va pedagoglar orasidagi qayta aloqalarning intensivligi;
- · ta’lim oluvchilarga ko’rsatiladigan korrektsiyali ta’sirlarning asoslanganligi hamda xarakteri, qimmatiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |